Elektr tarmoqlari rahbari pora bilan qölga tuşdi

Elektr tarmoqlari rahbari pora bilan qölga tuşdi

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» AJ boş direktori Murodboy Bazarimbetov pora olganlikda gumonlanib, qölga olindi.

Urganç şahar xalq deputatlari kengaşi aʼzosining Kun.uzga aytişiça, Bazarimbetov örtaga işonçli odamini qöyib, yonilği quyiş şoxobçasini elektr tarmoğiga ulab beriş uçun tadbirkordan 20 ming dollar söraganlikda gumonlanmoqda. Keyinçalik bu qiymat 15 mingga tuşirilgan.

Şundan söng, tadbirkor deputatga şikoyat qilgan, u esa huquq-tartibot idoralariga xabar bergan. Tadbirkor maxsus tadbirda hamkorlik qilişga rozilik bergan. 24 dekabr kuni Murotboy Bazarimbetov örtadagi işonçli şaxs pulni kabinetiga kiritib berganidan söng, uşlangan.

Tezkor tadbirda örtadagi şaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning: «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumboçkaga qöy», — degan sözlari ham bor.

Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda, Murotboy Bazarimbetov esa hibsga olingan.

×