Samarqandda “killer” orqali tanişini öldirmoqçi bölganlar uşlandi

Samarqandda “killer” orqali tanişini öldirmoqçi bölganlar uşlandi

Samarqand viloyatida yollanma qotillik jinoyatini sodir etişning oldi olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi. 

Olingan tezkor maʼlumotlarga köra, 2002 yilda tuğilgan şaxs Toşkent şahrida yaşovçi fuqaro bilan örtalarida kelib çiqqan özaro nizo sababli uni öldirişni maqsad qilib, yollanma qotil izlayotgani aniqlangan.

Şundan söng tezkor tadbir ötkazişga kirişilib, şartli yollanma qotil tadbirga jalb etilgan. 2002 yilda tuğilgan uşbu şaxs şartli yollanma qotilga özi bilan kelişmovçiligi bölgan şaxsni öldirişni buyurib, uning evaziga 2200 AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini berişni vaʼda qilgan. 

Joriy yilning 27 yanvar kuni Samarqand şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 24 yoşli şaxs tadbirga jalb etilgan yollanma qotildan grimlangan murda fotosuratini qabul qilib olgaç, 2 ming AQŞ dollari miqdoridagi pul mablağlarini bergan vaqtida aşyoiy dalillar bilan uşlangan. 

U bilan olib borilgan tezkor suriştiruv harakatlari davomida qölga olingan uşbu şaxs özi işlab kelayotgan masʼuliyati çeklangan jamiyatning 1996 yilda tuğilgan rahbari, Toşkent şahrida yaşovçi qarindoşi bilan oldindan mavjud bölgan nizolar hamda katta miqdordagi qarzi sababli qotil yollaşga buyruq bergani aniqlanib, mazkur şaxs ham qölga olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 


Teglar:
×