Soxta pasport orqali «Umra»ga bormoqçi bölganlar 10 yilga «deport» qilindi

Soxta pasport orqali «Umra»ga bormoqçi bölganlar 10 yilga «deport» qilindi

Özbekiston fuqarolari I.X.I., A.M.A., U.X.J., Tojikiston fuqarosi Siratulloi Mansurullo hamda bir neçta Qirğiziston  fuqarolaridan tarkib topgan uyuşgan jinoiy guruh aʼzolari özaro til biriktirgan.

Ular Saudiya Arabistoni tomonidan Qozoğiston va Rossiya fuqarolariga soddalaştirilgan kiriş rejimi (elektron viza) qöllanilganidan foydalanib, «Umra» ziyoratiga borişni rejalaştirayotgan Özbekiston fuqarolariga muayyan haq evaziga Qozoğiston va Rossiya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlab berişgan. Şu orqali muntazam ravişda Özbekiston fuqarolarini noqonuniy yöllar orqali «Umra» ziyoratiga yuboriş bilan şuğullanib kelişgan.

Jumladan, DXX tomonidan şu yilning 1 yanvar kuni Toşkent xalqaro aeroporti orqali «Toşkent-Al-Quvayt» yönalişida Qozoğiston Respublikasining qalbaki pasportlari bilan 40 nafar Özbekiston fuqarolarini «Umra» ziyoratiga ketişi rejalaştirilganligi aniqlanib, ulardan qalbaki pasportlar olib qöyilgan.

Bundan taşqari joriy yilning 6 fevral kuni Saudiya Arabistoniga «Umra» ziyorati uçun otlangan 47 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolari Birlaşgan Arab Amirliklari orqali Saudiyaga çiqib ketayotganda soxta pasportlar bilan uşlanib, mamlakatimizga «deport» qilingan. Mazkur şaxslarning ezgu niyatlaridan ğarazli maqsadlarda foydalangan jinoiy gurux aʼzolariga çoralar körilmoqda.

Şuningdek, Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida bir neçta uyuuşgan jinoiy guruh aʼzolari fuqarolarimizdan «Umra» ziyoratiga noqonuniy tarzda, yaʼni qalbaki pasportlar va vizalar bilan olib çiqib ketilayotgan qölga olingan va ularga nisbatan IIV viloyat boşqarmalari bilan xamkorlikda qonuniy çoralar körilmoqda.

Eng açinarli xolatlardan biri, davlatimiz tomonidan yaratilgan şart-şaroitlarga qaramasdan, fuqarolarimiz tomonidan xozirgi kunga qadar muqaddas ziyoratlarga noqonuniy yöllar bilan çiqib ketiş xolatlari kuzatilmoqda. Qalbaki pasportlar bilan uşlangan fuqarolarimizga Saudiya Arabistoni tomonidan 10 yil muddatga uşbu mamlakatga kiriş taʼqiqi qöyildi. 

×