Namanganda hali tuğilmagan farzandini sotmoqçi bölgan ayol uşlandi

Namanganda hali tuğilmagan farzandini sotmoqçi bölgan ayol uşlandi

Namangan viloyatining Uçqörğon tumanida istiqomat qiluvçi 32 yoşli ayol hali tuğilmagan, beş oylik bolasini  1000 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan paytida tegişli huquqni muhofaza qiliş organi tomonidan qölga olindi. 

Qayd etilişiça, homilador ayolning uç nafar farzandi bölib, törtinçi bolani dunyoga keltirişni istamagan. Keyinçalik u uşbu tuğilajak zurriyodini sotiş evaziga daromad topiş ilinjida bölib, tuğilajak farzandini sotib olişi uçun özi yaşaydigan tumandan talabgor topadi. Buning evaziga esa bir xonali uy olib berişini talab qilgan. 

Bola olmoqçi bölgan fuqaro uy olib beriş uçun moddiy imkoniyatlari çeklanganini aytib, uşbu talabni rad etgan. Keyinçalik bola 1000 AQŞ dollariga baholangan. Ayol tuğilajak bolasiga 500 dollar pulni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×