IIV vaziri örinbosari va departament boşliğiga jinoyat işi qözğatildi

IIV vaziri örinbosari va departament boşliğiga jinoyat işi qözğatildi

Içki işlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard söm budjet mablaği özlaştirilgani aniqlanib, vazir örinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boşliği Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda bugun, 27 yanvar kuni Prezident raisligida ötayotgan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Qöriqlaş boşqarmasida ötkazilayotgan videoselektor yiğilişida maʼlum qilindi.

“Bilib qöyinglar, davlatning har bir sömi böyiça taʼsirçan nazorat örnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq böladi!”, degan Prezident.

Şu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida komplayens va korruptsiyaga qarşi içki nazorat tizimi yölga qöyilgan.

Qisqa muddatda byudjetga tuşum, talon-toroj, moliyaviy kamçiliklar böyiça 53 trillion söm va taşqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani öta ayançli holat ekani qayd etilgan.

Korruptsiyaviy sxemalar böyiça 4,2 trillion söm zarar aniqlanib, 1,3 trillion sömi undirilgan, 55 nafar şaxs qamoqqa olingan.

Masalan, Içki işlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard söm budjet mablaği özlaştirilgani aniqlanib, vazir örinbosari Bekmurod Abdullayev va departament boşliği Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Umuman, davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uçun masʼullar faoliyatini ham tanqidiy qayta körib çiqiş vaqti kelgani qayd etilgan.

“Bizga yuqori kasbiy kompetentsiyalarga ega, talabçan yoş rahbarlar korpusi kerak”, degan Prezident.

Huquq-tartibot tizimida xizmat ötaş çegarasi polkovniklar uçun 55 yoş, generallar uçun 60 yoş bölsada, hozir bu yoşdan oşgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida işlayotgani körsatib ötilgan. Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barçasining yoşi 50 yoşdan kiçik.

Rahbarlikka yoş kadrlarni qöyiş, pensiya yoşidagilarning tajribasidan murabbiy va öqituvçi sifatida foydalaniş yoki mahallada yoşlarga ustozlik qiladigan tizim yaratiş muhimligi qayd etilgan. 


Teglar:
×