Toşkent şahrida fuqaroni içki işlar organiga işga kiritib qöymoqçi bölgan erkak uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departament boşqarmasi IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Unda avval ham sudlangan fuqaro M.O. boşqa fuqaro M.ni tanişlari yordamida 1500 dollar evaziga içki işlar organiga işga kiritib qöyişni aytgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, u 10 million sömni olgan vaqtida uşlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









