Şavkat Mirziyoyev kelasi hafta safarga çiqadi

Şavkat Mirziyoyev kelasi hafta safarga çiqadi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev kelasi hafta safarga çiqadi. Davlat rahbarining navbatdagi manzili – Turkiya. 

QALAMPIR.UZ manbasining xabar berişiça, Prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga taşrifi 19-20 fevral kunlariga möljallangan. 

Taşrif doirasida Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdöğan raisligida  Oliy darajadagi Strategik Kengaşning ilk yiğilişi bölib ötadi. 

Maʼlumki, Özbekiston rahbari 2019 yil oxirida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy dunyo yozuvçilari, ziyolilari va sanʼatkorlari jamğarmasi (Türk Dünyası Yazarlar ve Sanatçılar Vakfı –TURKSAV) tomonidan taʼsis etilgan “Turkiy dunyo tiklanişiga qöşgan ulkan hissasi uçun” xalqaro mukofotiga sazovor bölgan edi. 

Taşrif doirasida TURKSAV mukofotini topşiriş marosimi ötkazilişi ham rejalaştirilgan. Mukofot Anqarada Turkiya parlamenti, hukumati, keng jamoatçiligi, işbilarmon doiralari va sanʼat arboblari iştirokida tantanali tarzda topşirilişi aytilmoqda. 

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan örtasidagi sönggi uçraşuv 2019 yilning 15 oktyabr kuni Baku şahrida – Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining sammiti doirasida ötkazilgan edi. Oxirgi bor davlat rahbarlari joriy yilning 5 fevral kuni telefon orqali muloqot qildilar.

Maʼlumot örnida, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasiga ilk taşrifini 2017 yilning 25-26 oktyabr kunlari amalga oşirgan edi.

Şuni taʼkidlab ötiş örinliki, uşbu taşrif Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020 yilda amalga oşirayotgan ilk xorijiy taşrifi. Joriy yilning yanvar oyi örtalarida Prezidentning Rossiyaga amalga oşirilişi rejalaştirilgan taşrifi yuzasidan özgarişlar yuz berib, taşrif yoz oylariga köçirilgan edi. 

×