Ukrainadagi uruşdan qoçişga uringan Özbekiston fuqarosiga Rossiyada 7 yil 9 oyga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Uning işi Novosibirsk garnizon harbiy sudida körib çiqilgan. Bu haqda “Mediazona” xabar berdi.
Iş hujjatlariga köra, mazkur özbekistonlik erkak avvalroq, 2023 yil aprel oyida Rossiyaning Çelyabinsk viloyatida giyohvand moddalar savdosiga urinişda aybdor deb topilib, 11 yil 8 oyga qattiq tartibli koloniyada jazoga hukm qilingan. U qamoqda bölgan vaqtida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzib, Ukrainadagi jangovar harakatlar hududiga yuborilgan. Şartnoma şartlariga köra, uruşdan qaytgaç, u ozod etilişi lozim bölgan, biroq janglar vaqtida yaralangan.
Şundan söng özbekistonlik erkak Novosibirskdagi harbiy şifoxonaga yotqizilgan. Davolaniş yakunlangaç, 2025 yil 23 may kuni keçqurun u Novosibirsk viloyati va Qozoğiston çegarasi yaqinidagi örmon hududiga borib, özining yölboşçisini kutgan. Ammo yölboşçi kelmagan. Oradan bir kun ötib uşbu erkak Federal xavfsizlik xizmati çegara xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan.
2025 yil sentyabr oyida harbiy sud uni davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişga uringanlikda aybdor deb topib, 6 oy qamoq jazosini tayinlagan. Biroq avvalgi sud hukmi böyiça ötalmagan jazo muddatini inobatga olib, yakunda 7 yil 9 oy muddatga qattiq tartibli koloniyada jazo ötaş belgilangan.









