Germaniyaning Şlezvig-Golşteyn federal sudi kontslagerlarning 11,4 ming yahudiy, polyak va sovet asirlarini yöq qilişda iştirok etganlikda gumon qilinayotgan 96 yoşli Irmgard Fuxnerni qamoqdan ozod qildi. Bu haqda Deutsche Welle naşri xabar bermoqda.
Ayol 1943-1945 yillarda Ştuttgof kontslagerida komendant kotibi va stenografi bölib işlagan. Sud arizani körib çiqib, gumonlanuvçini hibsga oliş töğrisidagi qarorni bekor qildi. U tegişli xavfsizlik çoralari körilgan holda qöyib yuborilgan.
Iş böyiça navbatdagi sud majlisi 19 oktyabrga belgilangan.
30 sentyabr kuni Germaniya sudi 96 yoşli natsistni hibsga olişga order bergandi. U sud majlisidan oldin ğoyib bölgan: guvohlarning sözlariga köra, Fuxner taksiga ötirib, eng yaqin metro bekatiga yetib olgan. U öşa kuniyoq hibsga olingan va Lyubek şahridagi tergov izolyatoriga joylaştirilgan.
Uning işi böyiça tergov 2016 yildan beri olib borilmoqda.









