Omsk viloyati sudi özining uyi hududiga kirgan ötkinçini kaltaklagan va ustiga itini qöyib yuborgan mahalliy fuqaroga nisbatan hukm çiqardi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Sud materiallariga köra, 2023 yil 9 iyulga ötar keçasi Özbekistondan bölgan 36 yoşli erkak taksi çaqirişda yordam sörab, hovliga kirgan. Uy egasi uni tayoq bilan urib, bir neça bor tepkilagan. Şuningdek, uning yonida işlovçi çet ellik işçi ham hujumga qöşilgan. Jabrlanuvçi qoçişga harakat qilganida, uy egasi itini qöyib yuborgan. It jabrlanuvçini kamida 20 marta tişlagan.
Voqea natijasida erkak bir neçta oğir tan jaroh atlari, jumladan boş suyagi sinişi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Sud jinoyatçini “bir guruh şaxslar tomonidan qasddan oğir tan jarohati yetkaziş” moddasi böyiça aybdor deb topdi. U 4 yilga qattiq tartibli koloniyaga ozodlikdan mahrum etildi hamda jabr körgan şaxsga 500 ming rubl miqdorida maʼnaviy zarar tovonini tölaşga majbur qilindi.
Sudlanuvçining apellyatsiya şikoyati rad etildi, hukm öz kuçida qoldirildi. Hujumda iştirok etgan şerik qoçib ketgan va hozirda qidiruvda.









