Özbekiston bayroği rangidagi libosda gözallik tanlovida qatnaşgan qiz jazolandi

Özbekiston bayroği rangidagi libosda gözallik tanlovida qatnaşgan qiz jazolandi

Özbekiston bayroği rangidagi libosda “Yer gözali 2025” körik-tanlovida qatnaşgan özbekistonlik qiz jarimaga tortildi. 

Hujjatda keltirilişiça, M.Ş. 2025 yilning 28 oktyabr kuni Filippin poytaxti Manila şahrida 25 yildan buyon dunyo böylab ötkazilib kelinayotgan “Yer gözali 2025” körik-tanlovida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği hamda davlat gerbi tasvirlangan libosda qatnaşgan. Şuningdek, u uşbu libosda suratga tuşib, uni özining Instagram ijtimoiy tarmoğidagi akkauntiga joylagani.

Keça, 19 yanvar kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudida mazkur iş körib çiqilgan. Sud majlisida Ş.M. aybiga qisman iqrorlik bildirib, “Yer gözali 2025” körik-tanlovida iştirok etganini, uşbu tanlovda Özbekiston Respublikasi davlat bayroği hamda davlat gerbidan ilhomlanib, libos tiktirganini aytib, suddan unga nisbatan yengillik berişni söragan.

Sud M.Ş. ni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeskning 203-1-moddasi (davlat ramzlari töğrisidagi qonunçilikni buziş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan. Unga uşbu modda bilan bazaviy hisoblaş miqdorining 2 baravari miqdorida, yaʼni 824 ming söm jarima jazosi tayinlangan.


Teglar:
×