Saudiya Arabistoni hukumati tuyalar musobaqasi iştirokçilariga nisbatan eng katta repressiv çoralarni kördi, bunga botoks qöllaş va hayvonlarning tana qismlarini böyaş sabab böldi. Bu haqda 8 dekabr kuni «Saudi Press Agency»ga tayanib AP agentligi xabar bermoqda.
Diskvalifikatsiya dekabr oyida boşlangan Qirol Abdul Aziz festivalida iştirok etgan 40 tuyaga nisbatan qöllanildi. Taşkilotçilar selektsionerlarni 66 million dollarga yaqin mukofot jamğarmasi uçun kuraşga taklif qilişdi.
Musobaqa davomida tuyalarni yanada jozibali qilib körsatadigan botoks inʼektsiyalari, torttiriş va boşqa kosmetik özgarişlar qatʼiyan man etiladi. Hakamlar hayʼati ğolibni boş, böyin, dumğaza şakli, kiyim-keçak va turiş holatiga qarab aniqlaydi.
Huquqbuzarliklarni aniqlaş uçun hakamlar maxsus ilğor texnologiyalardan foydalanadilar. Bu yil haqiqiy janjal kötarildi. Maʼlum bölişiça, önlab selektsionerlar tuyalarning lab-burunlarini çözgan, hayvonlarning muşaklarini kuçaytiriş uçun gormonlar qöllagan, tuyalarning boşi va lablariga botoks ukol qilgan, tana aʼzolarini rezina tasma bilan şişirgan, tumşuğini böşatiş uçun plomba işlatgan.
Festivalda tuyalar poygasi, sotuvlar va boşqa tadbirlar ham mavjud. BAA maʼmurlari qirollik merosi va badaviy anʼanalarida tuya rolini saqlab qolişmoqda.
2018 yili ham Saudiya Arabistonida har yili ötkaziladigan tuya festivalida xuddi şunday janjal kelib çiqqan edi. 12 ta çöl kemasi mukofot jamğarmasi 57 million dollar bölgan gözallik tanlovida iştirok etişdan çetlaştirilgandi. Öşanda ham botoks sabab bölgan.









