Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan uruşida qatnaşgan 50 yoşli Özbekiston fuqarosi Namangan viloyati jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudining joriy yil 15 oktyabrdagi hukmi bilan 3 yil 1 oy muddatga qamaldi.
Maʼlum bölişiça, 1975 yilda tuğilgan mazkur şaxs 2012 yilda işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Qozon şahriga borib, 2013 yilda yaşaş xonadoniga qaytib kelgan. U 2024 yil 10 noyabr kuni yana işlaş uçun Rossiyaga ketadi, bu safar u Ivanova şahriga borib, u yerdagi “Tekstilniy XBK” nomli korxonada usta bölib işlab, 2025 yil 4 aprel kuni uyiga qaytadi. Uning Özbekistonga qaytib kelişini asosiy sababi Rossiya Federatsiyasi Qurolli quçlari safida Ukraina davlatiga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etiş istagi borligini oilasiga bildirib, ular bilan hayrlaşiş bölgan. Biroq uyiga kelgaç, u bu haqida oila aʼzolariga aytmagan.
Oradan köp ötmay, aniqroği, 10 aprel kuni özbekistonlik erkak yana Rossiyaga qaytadi va 15 aprel kuni moddiy boylik orttiriş maqsadida Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaydi. U Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari tarkibida “oddiy askar” harbiy unvonini olib, “haydovçiçilangar” lavozimida, şartli “Özbek” “pozivnoy”i ostida xizmat qilişga kirişadi. Erkak 2025 yil 20 aprel kunidan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tarkibida harakatlangan holda, Lugansk şahrida joylaşgan harbiy lagerda 2 hafta davomida harbiy tayyorgarlikdan ötib, 2025 yil 5 may kuni jangovar harakatlarda iştirok etişga yuboriladi.
Rossiya endi uruşga borgan migrantlarni deportatsiya qilişni töxtatmoqçi
9 may kuni Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etiş davomida özbekistonlik erkak mina portlaşi oqibatida çap oyoğidan yaralanadi. 5 iyun kuniga qadar harbiy gospitalda davolanib, 2025 yil 6 iyun kuni harbiy tibbiy komissiya tomonidan vaqtinça harbiy xizmatga yoroqsiz, deb topiladi va unga reabilitatsiya uçun 2025 yil 7 iyun kunidan 6 iyul kunga qadar, yaʼni 30 sutka taʼtil beriladi.
Taʼtil davomida, erkak öz harakatlarining oqibatini anglab, 2025 yil 4 iyul kuni Özbekiston Respublikasiga qaytib kelgan va öz ihtiyori bilan yuqoridagi holatlar böyiça huquq-tartibot organlariga murojaat qilgan.
Tergov harakatlari davomida, uşbu şaxs Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan Qurolli kuçlar safiga yollanganligi uçun 1 mln rubl (taxminan 151 mln söm) miqdorda pul mablağini olgani, mazkur mablağning bir qismini öz ehtiyojlari uçun, qolgan qismini Rossiya Federatsiyasi hududida davolaniş uçun işlatgani aniqlangan.
Eʼtiborli tomoni şundaki, Ukraina Mudofaa vazirligi va Boş razvedka boşqarmasi kömagida taşkil etilgan “Xoçu jit” (“Yaşaşni xohlayman”) loyihasi tomonidan eʼlon qilingan Rossiya-Ukraina uruşida iştirok etgan özbekistonlik şaxslar röyhatida 50 yoşli uşbu sudlanuvçining ism-şarifi ham bor.
Sud ayblanuvçini Özbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi 1-qismi (“Yollaniş”) va 154-1-moddasi 1-qismi (“Çet davlatning harbiy, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya yoki şunga öxşaş tuzilmalariga xizmatga kiriş — yollaniş”) böyiça aybdor deb topdi va unga nisbatan uzil-kesil 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlandi.










