Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari Özbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Bu haqda Özgidromet ogohlantiriş bilan çiqdi.
Maʼlum qilinişiça, 22-23 yanvar kuni keçasi va ertalab Özbekiston böyiça asosan qor körinişidagi yoğingarçilik böladi. Yöllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida 22-23 yanvar kunlari qor yoğadi, baʼzi joylarda kuçli böladi.
Respublika böyiça baʼzi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda baʼzida 22-25 m/s gaça kuçayişi mumkin.
22-24 yanvar kunlari harorat keçalari 3-8 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 3 daraja sovuq 2 daraja iliqqaça; şimolda keçalari 12-15 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 2-5 daraja sovuqqaça pasayadi.









