Özbekistonga yana sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

Özbekistonga yana sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

Özbekiston böyiça 2025 yil 6-10 yanvar kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ertaga, 7 yanvarda Özbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va sovuq havo kirib kelişi boşlanadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinçi yarmida Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi.

Qoraqalpoğiston Respublikasida ayrim joylarda keçasi va ertalab yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.

8 yanvarda keçasi va ertalab faqat Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farğona vodiysi viloyatlarida asosan qor körinişidagi yoğingarçilik saqlanib turadi.

8 yanvarda kunduz kuni va 9-10 yanvarda Özbekistonning barça hududi böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylariga keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.

8-10 dekabr kunlari havo harorati keçalari 2-5 daraja iliqdan 3-6 daraja sovuqqaça pasayadi, kunduz kunlari 5-8 daraja iliqdan 0-3 daraja sovuqqaça özgarib turişi kutilmoqda.

Şamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi, ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Respublikaning toğli hududlarida 6-8 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yoğadi, 7-8 yanvarda baʼzi joylarda kuçli böladi.

Poytaxtimizda 6-10 yanvar kunlari asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 7 yanvarda keçqurun va 8 yanvarga ötar keçasi yomğir va qor körinişidagi yoğingarçilik böladi. Keçasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tuşadi.

Şamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda 10-12 m/s gaça kuçayişi mumkin.

Havo harorati:6 yanvarda kunduzi 8-10 daraja iliq;7 yanvarda keçasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliq;8 yanvarda keçasi va kunduzi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq;9 yanvarda keçasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq;10 yanvarda keçasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq böladi.


Teglar:
×