Afğoniston bilan çegara orqali Tojikistonga noqonuniy kirgan 4 nafar qurollangan terrorçi yöq qilindi. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi Çegara qöşinlari matbuot markazining “Xovar” axborot agentligi saytida eʼlon qilingan bayonotida aytiladi.
Uning maʼlumotlariga köra, terrorçilik taşkilotining tört nafar qurollangan aʼzosi 18 yanvarga ötar keçasi Afğonistonning Badaxşon viloyatidan Tojikistonning Xatlon viloyati hududiga noqonuniy ravişda kirgan. Xabarda qayd etilişiça, terrorçilar çegaraçilarning taslim böliş haqidagi buyruğiga böysunmagan va qurolli qarşilik körsatgan.
“Jangovar harakatlar davomida tört nafar terrorçining barçasi yöq qilindi”, deyiladi bayonotda.
Voqea joyida uçta Kalaşnikov avtomati, miltiq, töpponça, patronlar va boşqa öq-dorilar, şuningdek, uçta mobil telefon, ratsiya va qayiq musodara qilingan.
Milliy xavfsizlik davlat qömitasi davlat çegarasi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida bundan buyon ham barça kuç va vositalardan foydalanilişini maʼlum qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Hozirda tojik-afğon çegarasidagi vaziyat nazorat ostida ekani qayd etilgan.
Tojikiston-Afğoniston çegarasidagi vaziyat
2025 yil noyabr va dekabr oylarida Afğoniston tomonidan Tojikiston hududi ikki marta öqqa tutildi. Uşbu hujumlar oqibatida Xitoyning beş fuqarosi – "Şoxin SM" korxonasi va quriliş kompaniyasi xodimlari halok böldi, yana beş kişi yaralandi. Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afğoniston fuqarolarining provokatsion harakatlarini keskin qoraladi va bunday hodisalarning takrorlanişiga yöl qöymaslik çoralarini körişni buyurdi. Respublika TIV, şuningdek, Afğonistonning amaldagi rasmiylarini davlat çegarasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlaş böyiça samarali çoralar körişga çaqirdi.
24 dekabr kuni Tojikistonda Afğoniston bilan çegarada törtta yangi post oçilgani haqida xabar berilgandi. Şu kuni yana bir töqnaşuv sodir böldi, oqibatda çegarani noqonuniy kesib ötgan terrorçilik taşkilotining uç aʼzosi yöq qilindi, Tojikiston çegara xizmatining ikki xodimi halok böldi.
2024 yil noyabr oyida Ostonada bölib ötgan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Kollektiv xavfsizlik kengaşi sessiyasida Tojikiston-Afğoniston çegarasini mustahkamlaş böyiça KXŞTning maqsadli davlatlararo dasturi qabul qilindi. Öşa paytda taşkilot boş kotibi lavozimida işlagan Imangali Tasmagambetov beş yilga möljallangan dasturni amalga oşiriş 2025 yilda boşlanişini maʼlum qilgan edi. Dekabr oyida KXŞT Kotibiyati maslahatçisi Pavel Sarkisyan Tojikiston uşbu dastur doirasida çegarani qöriqlaş uçun zarur bölgan qurol-yaroğ va jihozlar röyxatini allaqaçon şakllantirganini va hozirda taşkilotga aʼzo boşqa davlatlarda işlab çiqilayotganini maʼlum qilgan edi.
Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida Afğoniston bilan eng uzun çegaraga (1 344 km) ega va uning törtta şimoli-şarqiy viloyati bilan bevosita çegaradoş.
2021 yilda AQŞning Afğonistondan qöşinlarni olib çiqiş töğrisidagi qaroridan söng “Tolibon” harakati mamlakatda hokimiyatni qölga oldi. Tojikiston tomoni maʼlumotlariga köra, Afğoniston hududida, jumladan, uning şimoli-şarqiy qismida turli terrorçilik taşkilotlari jangarilari faoliyat yuritmoqda.









