Qirğiz-tojik çegarasida yana vaziyat çigallaşayotgani xabar qilindi

Qirğiz-tojik çegarasida yana vaziyat çigallaşayotgani xabar qilindi

Qirğiziston Çegara xizmatining Tojikiston bilan çegarada joylaşgan bölinmalari keskinlaşayotgan vaziyat tufayli kuçaytirilgan rejimga ötkazilgan. Bu haqda TASS Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi çegara xizmatiga asoslanib xabar bermoqda.

«Tojikiston tomoni hukumatlararo delegatsiyalarning qirğiz-tojik çegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça ming metrgaça bölgan masofalari böyiça ilgari erişilgan barça kelişuvlarini buzgan holda harakat qilgan»,— deyiladi çegara xizmati xabarida.

Tojik tomoni  «uşbu hududdagi davlat çegarasining belgilanmagan qismidagi konteynerni taşlab, undan 600 metr uzoqlaşib ketgan». Bundan taşqari, tojik tomonining çegarasida «harbiy xizmatçilarning avtomobil va engil zirhli transport vositalarida tirbandligi» mavjud.

×