Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning qiyofasida özgarişlar bölgani, yuzi şişgani ortidan turli miş-mişlar tarqalmoqda. Ayrimlar uni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan zaharlangan bölişi mumkin deb hisoblamoqda. Ukraina harbiy eksperti Oleg Jdanovning UNIAN naşriga bergan intervyusida u ham şunday öylaşini bildirgan.
“Baʼzi belgilarga köra, unda ötkir buyrak yetişmovçiligi qayd etilgan. Şu sababli unda ortiqça vazn va tana şişişi kuzatilgan. Aytgança, ötgan hafta reanimatsiya uçun jihozlangan tez yordam samolyoti Moskvaga uçgan. Bundan taşqari, uruş şaroitida Yevropa öz havo hududida bu samolyotning uçişiga ruxsat bergan”, degan Jdanov.
Uning aytişiça, samolyot Belarus havo hududi orqali Moskvaga qöngan, söngra Yevropadagi eng yirik tibbiyot universiteti – Nunbergga yöl olgan. U yerda katta ehtimol bilan Qodirov nostandart usullar yordamida davolanmoqda.
“Muassasaning öziga xos xususiyati tibbiy protokol meʼyorlaridan çetga çiqişga imkon beradi. Aslida bu universitet şunisi bilan maşhur”, deydi ukrainalik ekspert.
Şuningdek, u sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi “qodirovçilar” tuşunçasi ham yöq bölib ketganini taʼkidlagan.
Eslatib ötamiz, oldinroq Qodirovni davloş uçun Birlaşgan Arab Amirliklaridan 40 yillik tajribaga ega doctor Yasin El-Şahat olib kelingani aytilgandi.









