“Taftish.uz”ning 4 nafar xodimi qölga olindi

“Taftish.uz”ning 4 nafar xodimi qölga olindi

Bugun, 16 yanvar kuni “Taftish.uz” saytining 4 nafar xodimi tovlamaçilik va firibgarlikda gumonlanib qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) va 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988 yilda tuğilgan Ğayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” OAVsi xodimlari 1992 yilda tuğilgan Azizjon Yuldaşev, 2000 yilda tuğilgan Sardor Hamidov, 2006 yilda tuğilgan Marjona Eşquvvatova hamda 1998 yilda tuğilgan Dilşod Nişonovlar protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda ularning qöşimça ravişda Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) hamda 244-6-moddasida (yolğon axborot tarqatiş) körsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekşirilmoqda.

“Taftish.uz” OAVsi yopilganligi haqidagi xabarlar asossiz bölib, uşbu naşr kundalik faoliyatini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qöşimça axborot beriladi.


Teglar:
×