«Baxti Taşkentskiy»ning öğli va yana beş kişi qölga olindi

«Baxti Taşkentskiy»ning öğli va yana beş kişi qölga olindi

Toşkent şahrida bir qator jinoyatlarni sodir etişda gumonlangan olti nafar şaxs qölga olindi.

IIBB axborot xizmati xabar berişiça, ular orasida Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor öğli ham bor bölib, u «Baxti Taşkentskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning öğli hisoblanadi. U Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik) bilan gumonlanib qölga olingan.

Poytaxtda Toşkent şahar IIBB va hamkor taşkilotlar tomonidan ötkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan yana beş kişi uşlanib, gumon qilinuvçi tarzida jalb etilgan:

Zafarov Begzod Baxtiyoroviç (1994 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamaçilik)

Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (1983 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamaçilik);

Badalov Jahongir Jörayeviç (1975 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik, firibgarlik);

Sulaymonqulov Şerali Röziyeviç (1978 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik);

Tursunboyev Akmaljon Narimon öğli (1995 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamaçilik).

Tergov qilinayotgan jinoyat işi doirasida gumon qilinuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov davom etmoqda.

Fuqarolar agar uşbu şaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr körgan bölsa yoki uşbu şaxslarning jinoiy xatti-harakatlari böyiça maʼlumotlarga ega bölsa, Toşkent şahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram raqamiga murojaat qilişi söralgan. Murojaatçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi, deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib ötamiz, «Baxti Taşkentskiy» laqabli Baxtiyor Qudratullayev ham dekabr oyi boşida qölga olingandi.


×