Bir yilda 2100 kişi yöllarda vafot etdi. Lekin, bu kam

Bir yilda 2100 kişi yöllarda vafot etdi. Lekin, bu kam

Özbekistonda 2025 yilda sodir bölgan yöl-transport hodisalari oqibatida 2 188 kişi vafot etdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilişiça, bu körsatkiç 2024 yilga (2 199 nafar) nisbatan kamaygan. Şuningdek, YTHlar sabab 8 901 kişi turli darajada tan jarohati olgan (2024 yilda – 8 931 nafar).

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, dunyo böylab yöl-transport hodisalarida yiliga örtaça 1,1 million inson halok böladi, 30 millionga yaqin kişi esa turli darajada jarohat oladi. Şu bilan birga, halokatlar 29 yoşgaça bölgan şaxslar ölimiga olib keluvçi asosiy sabablardan biri bölib qolmoqda.

Tahlillarga köra, sönggi 5 yil (2021–2025) davomida YTHlar kamayiş dinamikasi saqlanib qolmoqda. Bu aholi va transport vositalari soni oşganiga qaramasdan kuzatilmoqda. Xususan, aholi soni 2021 yildagi 35 271 276 nafardan 2025 yilda 38 232 254 nafarga, transport vositalari esa 3 821 869 tadan 5 532 396 taga oşgan.

Şunga qaramay, ötgan 5 yilda YTH oqibatida vafot etganlar soni har 100 ming aholiga nisbatan 6,9 tadan 5,7 taga, har 10 ming transport vositasiga nisbatan esa 6,3 tadan 4 taga kamaygani kuzatilgan.

Taʼlim muassasalari atrofida va mahallalarda xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar natijasida bolalar iştirokidagi YTHlar 2024 yilga nisbatan 171 taga halok bölgan bolalar soni esa 36 taga kamaygan.

2024 yil yakunlariga köra, MDH davlatlarida har 100 ming aholiga nisbatan eng kam sodir etilgan YTHlar böyiça Özbekiston Ozarbayjondan keyin 2-örinni, ölim bilan boğliq YTHlar körsatkiçi böyiça esa 1-örinni egallagan.


Teglar:
×