Özbekistonda koronavirus sabab 2100 odam nazoratga olindi. yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasi boşliği, Respublika boş davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov maʼlum qilmoqda.
Ayni vaqtda Özbekistonda koronavirusga çalinganlar 10 nafarni taşkil etmoqda. Bemorlarning barçasi Virusologiya ilmiy tekşiriş institutiga joylaştirilgan. Tegişli davolaş muolajalarini olmoqda.
“Koronavirus infektsiyasi böyiça vaziyat nazoratda. Şu paytgaça mamlakatimizda 7 ming 900 dan köp odamga karantin çoralari belgilangan. Ularning 5 ming 300 nafarga yaqiniga karantin tadbirlarini ötab bölgani va kasallik belgilari bölmagani uçun javob berilgan. Hozirgi kunda 2100 odam nazoratda turibdi”, deydi Nurmat Otabekov.
Eslatib ötamiz, Özbekistonda koronavirus bilan boğliq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Frantsiyadan kelgan bemor va uning tört nafar oilasi aʼzosi, Parij-Toşkent reysida kelgan yana bir yölovçida, Turkiyadan qaytgan ikki kişida va ulardan birining bir nafar oila aʼzosi, şuningdek Londondan qaytgan yölovçida koronavirus aniqlangan.
Maʼlumot uçun, dunyo böyiça 182 764 kişi koronavirusga çalingan. Şundan, 7174 nafar bemor vafot etgan, 79 884 nafar bemor xastalikdan foriğ bölgan.
Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan boğliq vaziyat sabab vahima kötarişga asos yöq. Virusni yuqtirib olmaslik uçun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.









