Prigojinga ölim hukmi öqildi – Ukraina razvedkasi

Prigojinga ölim hukmi öqildi – Ukraina razvedkasi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) «Vagner» harbiy xususiy şirkati rahbari Yevgeniy Prigojinni yöq qiliş haqida buyruq oldi. Bu haqda Ukraina mudofaa vazirligi Razvedka boşqarmasi boşliği, general-mayor Kirill Budanov OAVga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Jurnalistlarning prezident Vladimir Putin harbiy isyon uyuştirgan Prigojinni qanday jazolaşi xususidagi savoliga javob qaytargan Budanov bu borada topşiriq allaqaçon berilganini qayd etgan.

«FXXga uni öldiriş haqida buyruq berilganidan xabardormiz. Ular bu vazifani uddalay oladimi? Barini vaqt körsatadi. Har qanday vaziyatda ham bunday suiqasdlar tez amalga oşirilmasligi aniq. Ularga (FXX xodimlariga – tahr.) töğri usullarni işlab çiqiş va keng kölamli amaliyotga tayyorgarlik uçun maʼlum vaqt kerak böladi», – degan Ukraina mudofaa vazirligi Razvedka boşqarmasi boşliği.

Avval xabar berganimizdek, Putinning xos odamlaridan biri sanalgan Yevgeniy Prigojin 23 iyun kuni mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Boş ştab rahbari Valeriy Gerasimovni topşirişni talab qilgan holda harbiy isyon boşladi.

FXX Prigojinga qarşi harbiy qözğolon uçun jinoiy iş oçdi. Putin «Vagner» şirkati rahbarining harakatini «orqadan piçoq uriş» va «xiyonat» deb atadi.

Pirovardida Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko vositaçiligida isyonçilar bilan sulhga erişilgani xabar qilindi.

«Vagner» bölinmalari öz lagerlariga qaytişi, Prigojin esa Belarusga ketişi haqida kelişuvga erişilgan.

Ğarblik tahlilçilar harbiy isyon Putin hokimiyatining zaifligini körsatdi deb hisoblaydi. Şunga köra ayrim ekspertlar Putin Prigojinni tirik qoldirmasligi haqida gapirmoqda. Jumladan, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq rahbari Devid Petreus Prigojin hozirça hayotini saqlab qolgan bölsa-da, unga suiqasd uyuştirilişi muqarrarligi haqida gapirgan.

«U yangi qönimgohi – Belarusda oçiq derazalar oldida juda ehtiyot bölmoği lozim», – deb maslahat bergan general Petreus.

Rossiyalik taniqli jurnalist Aleksey Venediktov ham şunday fikrda.

«Putin Prigojinning xiyonatini unutişi va keçirişiga aslo işonmayman. Prigojin qayerda bölişidan qatʼi nazar! Çoyni ham ehtiyot bölib içgani maʼqul», – deb yozgan u.


×