Özbekistonning taşqi qarzi ösişi böyiça izoh berildi

Özbekistonning taşqi qarzi ösişi böyiça izoh berildi

 2025 yilning töqqiz oyi yakunlariga köra Özbekistonning umumiy taşqi qarzi 75,4 mlrd AQŞ dollarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mamlakat taşqi qarzining ösişi yuzasidan izohli material eʼlon qilib, mablağlar qanday sohalarga ajratilayotgani haqida maʼlumot berdi. 

Vazirlikka köra, bu yerda asosiy tamoyil oddiy: investitsiyalar va resurslarni jalb etişdan közlangan maqsad – aholining turmuş darajasini oşiriş.“Gap balandparvoz hisobotlar yoki raqamlar emas, balki odamlar kundalik hayotida his qiladigan real yaxşilanişlar – iş örinlari, oilalar daromadi, infratuzilma, toza içimlik suvi, energiya, transport va sifatli ijtimoiy xizmatlar haqida ketmoqda”, deyiladi izohda.

Qayd etilişiça, taşqi moliyalaştirişning iqtisodiy mantiği ham aniq: iqtisodiyot tezroq ösişi uçun resurslar – kapital, texnologiyalar, uskunalar va yangi bozorlar zarur. Agar mamlakat resurslarni jalb etişni töxtatsa, ösiş sekinlaşadi: kamroq iş örinlari yaratiladi, yöllar va ijtimoiy infratuzilmani yangilaş, suv taʼminotini kengaytiriş va arzon energiyani taʼminlaş qiyinlaşadi.

Şu bois Özbekiston iqtisodiyotni jadal rivojlantiriş, YAIM ösişini taʼminlaş va yakuniy natijada aholining hayot sifati hamda umr davomiyligini yaxşilaş maqsadida investitsiyalarni izçil ravişda jalb etib kelmoqda. 2020 yildan buyon umr köriş davomiyligi izçil ösib, 2024 yilda 73,4 yoşdan 75,1 yoşga yetdi.“Şu bilan birga, odamlar uçun şiorlar emas, balki köriş va baholaş mumkin bölgan, aniq ölçanadigan real natijalar muhimdir”, deyiladi izohda.

Körsatkiç tarkibiga böyiça 2025 yil 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonning jami taşqi qarzi 75,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgan. Şundan 37,4 mlrd dollar davlat taşqi qarziga töğri keladi. Qolgan 38 mlrd dollarga yaqini esa davlat kafolatisiz xususiy va davlat korxonalarining qarz majburiyatlari (korporativ qarz) hisoblanadi.

Izohda aytilişiça, xalqaro tasnifga köra Özbekistonning davlat qarzi darajasi möʼtadil va boşqariladigan hisoblanadi. 37,6 mlrd dollar miqdoridagi davlat taşqi qarzi taxminan YAIMning 26 foiziga teng. Bu körsatkiç jahon amaliyotida makroiqtisodiy barqarorlik uçun potentsial xavfli deb baholanadigan çegaraviy darajalardan ança past.

Davlat qarzlari hisobidan amalga oşirilgan işlar (2017-2025 yillar):

  • 1 564 km avtomobil yöllari rekonstruktsiya qilingan;
  • 470 km temir yöl liniyalari elektrlaştirilgan;
  • 6 793 km içimlik suvi tarmoqlari va 664 km oqova suv tarmoqlari qurilgan;
  • 96 km issiqlik quvurlari, 1 286 ta individual issiqlik punktlari, 166 ta suv taqsimlaş inşootlari va 31 ta oqova suv nasos stantsiyasi barpo etilgan;
  • 2 737 MVt qöşimça elektr quvvatlari yaratilgan, 1 106 km yuqori kuçlanişli elektr uzatiş tarmoqlari tortilgan;
  • qöşimça 2 084 MVt, 16 423 mln kVt·soat elektr energiyasi va 551,8 ming Gkal issiqlik energiyasi işlab çiqariş yölga qöyilgan.

Transport va şahar xizmatlarini modernizatsiya qiliş:

  • 4 ta Boeing 787-8 samolyoti;
  • 2 ta Talgo-250 yuqori tezlikdagi yölovçi poyezdlari;
  • 30 ta elektrovoz;
  • metropoliten uçun 70 ta vagon va 29 ta harakat tarkibi;
  • 1 900 ta avtobus;
  • 1 000 ta tez tibbiy yordam avtomobili; maişiy çiqindilarni yiğuvçi 541 ta texnika;
  • 13 ta issiqlik qozoni xarid qilingan.

Taʼlim va ijtimoiy soha:

  • 60 ta oliy taʼlim muassasasida 119 ta öquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari taşkil etilgan;
  • 6 213 ta davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari mebel va öquv materiallari, 4940 ofis texnikasi bilan jihozlangan.

Qişloq va suv xöjaligi:

  • 1 593,1 km kanallar qayta tiklangan;
  • 3 396 ta gidroinşoot modernizatsiya qilingan;
  • 423 ta tik quduq qurilgan;
  • 2,2 ming gektarda zamonaviy issiqxonalar va 12,6 ming gektarda intensiv boğlar barpo etilgan;
  • siğimi 334,9 ming tonna bölgan muzlatgiç omborlari qurilgan;
  • 258,2 ming tonna mahsulotni qayta işlaş quvvatiga ega korxonalari işga tuşirilgan;
  • parrandaçilikda 12,3 mln boş, qöyçilikda 5 752 boş va çorvaçilikda 26,3 ming boşga möljallangan xöjaliklar, şuningdek, 90,2 mln dona tikuvçilik va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş korxonalari taşkil etilgan.

Bildirilişiça, bu maʼlumotlar şu paytgaça loyihalarni amalga oşiriş uçun özlaştirilgan qarz mablağlariga taalluqli. Infratuzilma va ijtimoiy sohani modernizatsiya qiliş böyiça köplab loyihalar hozir ham davom etmoqda va işlar yakunlangani sari qöşimça samaralar beradi.

Qayd etilişiça, 2017-2025 yillarda amalga oşirilgan kompleks çora-tadbirlar natijasida 2 milliondan ortiq iş örinlari yaratilgan, eksport hajmi 270 foizga oşgan, jon boşiga YAIM esa 418 foizga köpaygan.

“Biroq eng muhim jihat şundaki, resurslarni jalb etiş faqat qatʼiy qoidalar, şaffoflik va samarali nazorat asosida amalga oşirilişi lozim. Davlat rahbari öz murojaatida alohida taʼkidlaganidek, parlament deputatlari loyihalarning butun hayotiy tsiklini – tanlov va konkurslardan tortib, ularni amalga oşiriş hamda yakuniy natijalargaça – kuzatib boradi. Loyihalarning holati, bosqiçlari va jarayonlari real vaqt rejimida eʼlon qilib boriladi, bu esa tanlov va tenderlar qanday ötayotgani hamda majburiyatlar qanday bajarilayotganini aniq köriş imkonini beradi”, deyiladi izohda.

Bildirilişiça, Özbekistonning investitsiyalarga yondaşuvi nihoyatda aniq: mamlakatning ösişi uçun resurslar zarur, şu bilan birga aholi manfaatlariga xizmat qiladigan qatʼiy nazorat, şaffoflik va ölçanadigan natijalar taʼminlanişi lozim. Barça jarayonlar aynan şu tamoyillar asosida – oçiq, bosqiçma-bosqiç va aniq masʼuliyat doirasida olib borilmoqda.

Maʼlumot uçun, 2025 yilning 9 oyi davomida davlat qarzi 10 foizdan köproq, korporativ qarz 27 foizga yaqin oşgan. Xorijdan jalb qilingan davlat qarzi qoldiğining çoraklik ösiş surʼatlarida sezilarli pasayiş kuzatilgan. Jumladan, 1 çorakda körsatkiç 5,7 foizga, ІІ çorakda 3 foizga ösgan bölsa, III çorakda ösiş 1,2 foizni taşkil etgan.


×