Rossiyaning Leningrad viloyatidagi Vsevolojsk tumanida özbekistonlik migrantning boşiga içida tsement ohak qoldiqlari bölgan metall çelak tuşib ketdi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.
Maʼlum bölişiça, 1 iyun kuni 112 xizmatiga Novosaratovka qişloğidagi “Nevskaya Dolina” quriliş uçastkasida işçining boşiga ğişt tuşgani haqida xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga yetib kelgan otryad joyida köp qavatli uy qurilayotganini aniqlagan.
69 yoşli qöriqçining sözlariga köra, quriliş maydonçasida pardozlaş işlarini olib borayotgan 34 yoşli özbekistonlik işçining boşiga içida tsement ohak qoldiqlari bölgan metall çelak tuşib ketgan, şundan söng u köplab tan jarohatlari bilan Vsevolojsk poliklinikasiga yetkazilgan.
Videokuzatuv kameralari soat 11:47 da nomaʼlum şaxs qurilayotgan binoning oltinçi qavatidagi derazadan taşqariga qaragani, söng qölini taşqariga çiqarib, çelakni pastga uloqtirganini yozib olgan. Jabrlanuvçi bir neça soatdan keyin şifoxonada vafot etdi.
Leningrad viloyati Tergov qömitasi maʼlumotlariga köra, boşqa işlarni bajarişda xavfsizlik qoidalarini buziş, oqibatda işçi halok bölgani böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
“Hozirda hodisaning holatlarini, şuningdek, hodisaga sabab bölgan şart-şaroitlarni aniqlaş böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Tergov qömitasi xabarida.
Qöşimça qilinişiça, tekşiruv davomida işlab çiqariş jarayoni xavfsizligini taʼminlaş vazifalariga kiritilgan xodimlar aniqlanadi.









