Rossiyada ijtimoiy tarmoqlardan birida eʼlon qilingan videotasvir köplab özbekistonliklarni ham taşvişga solgan. Videotasvirda 21 yoşli buxorolik M.Ş. ismli yigitning rus millatiga mansub bir neçta yigitlar tomonidan «samosud» qilinib, qiynoqqa solingani aks etgan.
Videodagi tasvirlarga köra, buxorolik yigit rus millatiga mansub voyaga yetmagan qiz bilan Telegram messenjeri orqali tanişgan va u bilan işqiy munosabatda böliş istagi borligini bildirgan. Yozişmada yigitning taklifiga qiz qarşilik körsatmagan, yaʼni qiz tomonidan: «U menya roditeli uyexali. Mojem u menya posidet» degan javob kelgan. Şundan söng M.Ş. qizdan uning rasmi yoki videosini tomoşa qiliş uçun jönatişini söragan. Biroq, qiz tomonidan surat va videolar M.Ş.ning şaxsiy telegrammiga kelib tuşmagan bölsa-da, ular uçraşişga kelişişgan. Uçraşuv belgilangan joyga esa M.Ş. qizning özi emas, uning yaqinlari çiqişganiga guvoh bölgan va şu yerda u «samosud» qilingan. «Samosud» jarayonlari tarmoqda eʼlon qilingan va uşbu videotasvir tarqalib ketgan.
Videotasvirda 3-4 nafar rus millatiga mansub yigitlar muhojir yigitni urib, tepib, döpposlaşgan. Burun, yuz, qöl-oyoq va bel sohalariga qattiq zarb bilan tepib, köz va yuziga közni açiştiruvçi va yoşlantiruvçi gaz purkagiç bilan otişgan. Közi açişib, zaharlangan muhojirni yana tepib, döpposlab, ustidan benzin quyişgan. Videotasvirdagi voqea şu yerda yakunlangan.

«Xabar.uz» muxbiri asli buxorolik bölgan muhojir yigitning bugungi ahvoli va taqdiri bilan qiziqqan. Uşbu masalada tegişli masʼullar eʼtiborini jalb etgan. Aniqlik kiritilişiça, Buxoro şahridagi Turki Jandiy mahallasi fuqarosi M.Ş. joriy yilning 11 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi, Adigeya respublikasi, Maykop şahrida pul işlaş maqsadida otasi bilan birga jönab ketgan bölgan. Va voqeadan bir neça oy ötgaç, Özbekistonga qaytgan.
«Xabar.uz» muxbiri Turki Jandiy mahalla fuqarolar yiğini yoşlar masalasi böyiça hokim yordamçisi Mirşod Jaʼfarov hamda hudud inspektori bilan birgalikda fuqaro M.Ş.ning xonadonida bölib, u bilan suhbatda bölgan.
«Videoda aks etgan tasvirlar töğri. Yaşirişga hojat yöq, haqiqatan ham muhojirlik paytimda şunday holat sodir böldi. Voqea joriy yilning 21 may kuni yuz bergan edi. Qiyin vaziyatdan qanday çiqib ketganimni aytmayman. Yordam berişdi. Men tirikman. Hammasi yaxşi, qoçib ham kelmaganman...»,-dedi M.Ş.
«Ayançli «samosud»ni körib, jabrlanuvçining, yaʼni muhojir bir yigitning taqdiri qanday yakunlangani köpçilikni taşvişga soldi... »-deymiz.
«Avvalo, xavotir olganlaringiz uçun rahmat. Ammo, körib turganingizdek, tirik va soppa-soğman. Ortiqça bu haqda eslaşni ham, sözlaşni ham istamayman»,-dedi suhbatdoş.
M.Ş.ning söziga köra, videotasvir bilan boğliq jinoiy iş Rossiya federatsiyasi huquq-tartibot organlari vakillarini sergaklantirgan va aybdorlar uşlangan. Holat yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari yakunlangan va sudga oşirilgan.
«Ular öz qilmişlariga yaraşa jazo olişadi. Aytişim mumkinki, videotasvirdagi yozişmalar feyk, töğri, ayrimlarini özim yozganman, ammo, hammasi ham menga tegişli emas. Videoda esa xuddiki meni aybdordek qilib qöyişgan. Agar men aybdor bölganimda, bu paytda ular emas, men qamoqda ötirgan bölardim...» -dedi suhbatdoş.
Maʼlumot örnida: Rossiya Federatsiyasida muhojirlikdan qaytgan 21 yoşli fuqaro M.Ş. bilan u istiqomat qiladigan mahalla fuqarolar yiğinida profilaktik suhbatlar ötkazilgan.
Laylo Hayitova









