Isroilning qariyb ikki yildan buyon davom etayotgan harbiy amaliyotlari oqibatida Ğazo sektorida 62 mingdan ortiq falastinlik halok böldi. Hudud qamal ostida qolayotgani bois tinimsiz bombardimonlar va majburiy oçlik millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qöymoqda. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Isroil ayni damda Ğazo şahriga zarbalarni kuçaytirmoqda. Bu hudud anklavning eng yirik markazi bölib, bombardimonlar oqibatida vayronaga aylangan. Maqsad sifatida şaharni töliq egallaş va yuz minglab aholining janubdagi “konsentratsiya zonalari"ga majburiy köçirilişi körsatilmoqda.
Keça, 18 avgust kuni ertalabdan boşlab Ğazo böylab uyuştirilgan hujumlarda kamida 30 nafar falastinlik hayotdan köz yumdi. Qurbonlar orasida 14 nafar inson yordam olişga uringan paytda nişonga olingan.
Al-Sabra mahallasiga qilingan zarba oqibatida kamida 3 kişi halok böldi, bir neça kişi jarohat oldi. Halok bölganlar orasida mahalliy jurnalist Islom al-Kumi ham borligi xabar qilindi.
“Al Jazeera” muxbiri Tariq Abu Azzoumning taʼkidlaşiça, Isroil Ğazo şarqida oğir artilleriya, qiruvçi samolyotlar va dronlardan foydalanib, hujumlarni davom ettirmoqda.
“Vayronagarçilik kölami ulkan. Isroilning harbiy taktikasi quruqlikdagi harakatlarga yöl oçiş, aholi yaşaydigan hududlarni vayronalar maydoniga aylantirişga qaratilgan”, deydi Abu Azzoum.
Mahalliy manbalar Isroil hujumlari keça-yu kunduz davom etayotganini, oddiy aholining esa oziq-ovqat, suv va dori izlab hayotini xavf ostiga qöyişga majbur bölayotganini bildirmoqda.









