AQŞga boruvçi ayrim şaxslar 15 ming dollargaça garov puli tölaşi mumkin

AQŞga boruvçi ayrim şaxslar 15 ming dollargaça garov puli tölaşi mumkin

AQŞ Davlat departamenti turistik va biznes vizalar uçun ayrim sayohatçilardan 15 ming dollargaça garov puli olişni közda tutuvçi vaqtinçalik qoidani işlab çiqdi. Uşbu garov pullari mamlakatda vizadagi muddatdan ortiqça qolib ketiş holatlari yuqori bölgan davlatlarning fuqarolariga nisbatan 12 oylik sinov dasturi doirasida qöllaniladi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, uşbu taşabbus ilk bor Donald Trampning birinçi prezidentlik davrida, 2020 yil noyabrida Jo Bayden saylovda ğalaba qozongan oyda eʼlon qilingan. Öşa vaqtda garov puli tizimi Afrika davlatlari boşçiligidagi ortiqça qolib ketiş darajasi 10 foizdan yuqori bölgan 20 dan ortiq mamlakat fuqarolarini qamrab olişi kerak edi.

Yangi qoidaga oid federal röyxatga oliş xabari bugun, 5 avgust kuni eʼlon qilinişi kutilmoqda.

“Sinov dasturi orqali Davlat departamenti AQŞ Moliya va Içki xavfsizlik departamenti bilan hamkorlikda garov pullari bilan işlaşning amaliy imkoniyatlarini baholaydi. Şuningdek, bu dasturning natijalari kelajakda bu kabi garovlar qöllanişi yuzasidan qaror qabul qilişda xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Qaysi mamlakatlar uşbu dasturga kiritilişi rasmiy sayt – travel.state.gov sahifasida dastur kuçga kirişidan kamida 15 kun oldin eʼlon qilinadi. Röyxat keyinçalik ham özgarişi mumkin.

Garov puli tölagan sayohatçilar AQŞni tark etganidan, AQŞ fuqaroligini olganidan yoki vafot etganidan söng uni qaytarib olişi mumkin. Tramp maʼmuriyati avvalgi sinov dasturini olti oyga belgilagan bölsa-da, u heç qaçon amalda joriy etilmagan.

Davlat departamenti vakili “Reuters”ga bergan izohida mamlakatlar “ortiqça qolib ketiş darajasi, fuqarolikni yaşaş talabisiz pul evaziga beriş amaliyoti, xavfsizlikni taʼminlaşdagi kamçiliklar va taşqi siyosiy omillar” asosida tanlanişini aytgan.

Tramp maʼmuriyati umuman immigratsiyaga qarşi siyosati bilan tanilgan, xususan, köplab mamlakatlar fuqarolari uçun vaqtinçalik himoya maqomlarini bekor qilgan, 12 ta mamlakatga vizani töliq taqiqlagan edi.

Garov puli siyosati Trampning joriy yilning iyun oyida kuçga kirgan sayohat taqiqlari asosida mustahkamlanişi mumkin. Bu taqiqlar Yaqin Şarq va Afrika davlatlariga, jumladan, Çad, Eritreya, Gaiti, Myanma va Yamanga nisbatan qaratilgan. “Reuters” maʼlumotiga köra, ortiqça qolib ketiş darajasi yuqori bölgan boşqa davlatlar qatorida Burundi, Jibuti va Togo ham bor.

AQŞning yirik sayyohlik kompaniyalarini birlaştirgan US Travel Association taşkiloti bu pilot dasturni “çeklangan doirada” deb baholagan – u taxminan 2 000 arizaçiga taalluqli bölişi, asosan AQŞga kam sayohat qiladigan mamlakatlarni qamrab olişi kutilmoqda.


×