2021 yilning aprel oyidan boşlab, har şanba kuni Toşkent - Moskva - Toşkent yönalişi böyiça muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Mazkur yönaliş böyiça uçişni boşlaş uçun Rossiyaga kelişdan avval 3 kalendar kunidan oşmagan holda PSR-test (rus yoki ingliz tilida) ötkaziş talab qilinadi. Mazkur reysga Özbekiston Respublikasining barça fuqarolari va Rossiya Hukumatining 16.03.2020 yildan 635-p farmoyişi asosida Rossiyaga kirişga çeklov qöyilmagan Özbekistonda doimiy yaşaş huquqiga ega çet el fuqarolari kiritilişi mumkin.
Tuşunmovçiliklarning oldini oliş uçun çiptalarni tezlaştirib xarid qiliş xizmatlarini taklif qiluvçi şubhali şaxslarga murojaat etmasligingizni söraymiz. Çiptada körsatilgan va siz tölagan narxni taqqoslaşingizni qattiq tavsiya etamiz. Aviaçipta aviakompaniyaning rasmiy saytida xarid qilinsa, 3% çegirma amal qiladi!









