Nyu-York meri Maduroning olib qoçilişini qoraladi

Nyu-York meri Maduroning olib qoçilişini qoraladi

Nyu-York meri Zohran Mamdani AQŞ tomonidan Venesuela yetakçisi Nikolas Maduroning qölga olinişi böyiça ötkazilgan operatsiyani “uruş harakati” va xalqaro hamda federal qonunlarning buzilişi sifatida baholamoqda. Merning bu haqdagi sözlarini CNN keltirdi.

Maduro va uning rafiqasi Karakasda qölga olingan va keyin AQŞga olib ketilgan. Kutilişiça, Venesuela yetakçisi Nyu-Yorkda federal hibsda saqlanadi va u yerda unga nisbatan ayblovlar qöyilişi mumkin. Atigi uç kun oldin merlik lavozimiga kirişgan Mamdani operatsiya haqida ham, Maduroni aynan Nyu-Yorkda federal hibsga oliş rejalaştirilgani haqida ham oldindan xabardor qilinganini aytgan.

Merning taʼkidlaşiça, suveren davlatga nisbatan bir tomonlama hujum uruş harakati hisoblanadi va federal hamda xalqaro huquqni qöpol ravişda buzadi. Uning sözlariga köra, rejimni almaştirişga qaratilgan bunday urinişlar nafaqat xorijdagi voqealarga, balki bevosita Nyu-York aholisiga, jumladan, bu şaharni öz uyi deb biladigan ön minglab venesuelaliklarga ham taʼsir qiladi.

Mamdani Tramp bilan telefon orqali gaplaşganini va Maduroning hamda uning rafiqasining hibsga olinişi masalasida öz noroziligini oçiq bildirganini tasdiqlagan. U bu norozilik rejimni zöravonlik bilan almaştirişga qarşi ekaniga va federal hamda xalqaro huquq buzilişiga yöl qöyib bölmasligiga asoslanganini aytgan. Merning sözlariga köra, u öz pozitsiyasini aniq bayon qilgan va suhbat şu bilan yakunlangan.

Qayd etiş joiz, Mamdani saylovoldi kampaniyasi paytida Maduroni “diktator” deb ataşdan tiyilgani uçun tanqid qilingan. Keyinçalik, u öz pozitsiyasini aniqlaştirib, Maduroni diktator deb hisoblaşini bildirgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni tunda Venesuela poytaxti Karakas şahrida portlaşlar sodir böldi. Şundan söng AQŞ Prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlar Venesuelaga keng kölamli zarbalar bergani, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa rafiqasi bilan qölga olinib, mamlakatdan olib çiqib ketilganini bildirdi.

AQŞ rasmiylari er-xotinni “narkoterrorizm”da ayblamoqda, yaqin vaqt içida ular AQŞ sudida javob beradi.

Hozirda Venesuela vitse-prezidenti Delsi Rodriges mamlakat prezidenti vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangan. U Maduro va uning rafiqasini zudlik bilan ozod qilişni talab qilmoqda. Maʼlum qilinişiça, ular allaqaçon Bruklindagi (Nyu-York) tergov izolyatoriga yetkazilgan.

Keyinçalik, ayblanuvçilar orasida Maduroning özi va rafiqasidan taşqari öğli – kiçik Nikolas Maduro ham borligi aytildi.


×