Avvalroq AQŞning Bruklin şahrida özbekistonlik 15 yoşli ösmir otib öldirilgandi. Uning dafn marosimida şahar meri Erik Adams qatnaşdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, otib öldirilgan Faridun Mavlonovning janozasi Sunset boğida bölib ötgan.
“U Amerika çempioni bölişni va Amerikada Özbekiston bayroğini kötarişni xohlardi. Biz u bilan doimo faxrlanardik”, deydi bolaning buvisi Umaro Kamolova

Şuningdek, uning buvisi dafn marosimida iştirok etgan şahar hokimi va politsiyadan bunday fojialarning oldini olişni iltimos qilgan.
Sözga çiqqan Bruklin şahri meri Erik Adams qotilliklarni töxtatiş uçun rasmiylar köçalarni öqotar qurollardan tozalaşi kerakligini aytgan.
“Köçalarimizda qurol juda köp, yoşlarimiz orasida zöravonlik urçimoqda. Hozir şahrimiz soyasida ğazab va zöravonlikni yaşirayotgan yoşlar bor. Hayotimizni şahrimiz bolalarini qutqarişga bağişlaş bizning majburiyatimizdir", deydi Adams.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 iyul kuni 15 yoşli Faridun Mavlonov ismli bola uyidan bir mil uzoqlikda otib qöyilgan. Oqibatda u 18 iyul kuni vafot etgan.
Maʼlumotlarga köra, Firdavs Mavlonov bundan 12 yil avval oilasi bilan birga AQŞga köçib borgan. Faridun esa uning olti farzandidan biri bölgan. Vafotiga qadar bola şahardagi Yangi Utrext yuqori maktabida tahsil olgan.









