Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudi öz binosida, oçiq sud majlisida, tuman sudining raisi B.Obidovning raisligida Kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmasdan bir fuqaroning vafotiga sababçi bölgan şifokor Firdavs Aşurovga (ism-şariflar özgartirilgan) nisbatan sud hukmi öqildi.
Voqea quyidagiça sodir bölgan. 2019 yil kuz oyida bemor A.Azizov şifoxonaga kökrak sohasida oğriq bölayotgani xususida şikoyat bilan kelganida, unga poliklinika muolaja xonasida şifokor F.Aşurov tibbiy yordam körsatişni boşlab, kasb majburiyatlari doirasiga kiradigan amallarni bajariş lozim va şart bölgan holatda bajarmasdan, bemorning soğliği holati yuzasidan tibbiy taşxis qöymasdan, bemorga “Strofantin” dori vositasini qöllaş mumkin bölmasa-da, “Reboktsin”, “Strofantin” va “Repronat” dori vositalarini “Natriy xlorid” dori vositasiga qöşiş orqali uning qöl tomir sohasi orqali tanasiga yuborişi natijasida bemor A.Azizov 2 daqiqadan söng vafot etgan.
Dastlabki tergov organi tomonidan F.Aşurovning jinoiy harakatlari Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan töğri kvalifikatsiya qilingan. Çunki U kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmay, ehtiyotsizlik orqasida A.Azizovni ölimiga sababçi bölgan.
Sud, sud majlisida taraflarni fikrini tinglab, dalillarni muhokama qilib, sudlanuvçiga jazo turi va miqdorini tayinlaşda, u tomonidan sodir etilgan jinoyat ehtiyotsizlik orqasida sodir etilib, unça oğir bölmagan jinoyatlar turkumiga kirişi, uning 2 nafar farzandi borligi, qilgan işidan çin köngildan puşaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi jazoni yengillaştiruvçi holatlar deb topib, jazoni oğirlaştiruvçi holatlar yöq deb hisoblab, jabrlanuvçining qonuniy vakili daʼvosini inobatga olib, unga nisbatan ayblanayotgan modda sanktsiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlaşni, şuningdek, sodir etilgan jinoyat bevosita uning kasbi bilan boğliq ekanligini eʼtiborga olib, yetkazilgan zarar masalasini muhokama qilib, jabrlanuvçini qonuniy vakiliga kelgusida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undiriş masalasida fuqarolik sud işlarini yuritiş tartibida daʼvo qözğatiş huquqi mavjudligini tuşuntirib, qonun sanktsiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinladi.
Baxtiyor Obidov,
Jinoyat işlari böyiça Pop tuman sudi sudyasi









