Voyaga yetmagan I. Andreyeva (ism-familiyalar şartli) 2020 yil 21 iyul kuni taxminan soat 16:00 larda Angren şahridan internet orqali topgan tanişi Vladislav bilan uçraşiş uçun Andijonga qarab yöl oladi. Karantin çoralari kuçaytirilgan damlar bölgani uçun Namangan şahriga yetib kelgaç Andijonga öta olmaydi. Tanişi Vladislav unga mehribonlik qilib, internet orqali Namangan şahridan bir keça tunaş uçun kvartira topib beradi.
Uy egasi B. D. uni xonadoniga olib ketadi. Manzilga yetib borgaç, oradan biroz vaqt ötib, xonadon egasi unga pullarni saramjonlab taxlaşda yordam berişini iltimos qiladi. U bunga rozi bölib yordamlaşadi.
Andreyevaning niyati şu tobdayoq buzilgandi. Uy egasidan Vladislavga qönğiroq qilib oliş uçun telefonini söraydi. Işonuvçan uy sohibi qöl telefonini berib, oçiş kodini ham aytadi va gaplaşib bölgaç, quvvat oldiriş uçun (zaryadçikka) ulab qöyişini tayinlab, dam oliş uçun öz xonasiga kirib ketadi. Niyatini amalga oşiriş uçun A. Andreyeva uxlamaydi. Taxminan soat 03:00 larda oşxonaga kirib, pullarni qidirib topadi. Pulga qöşib uy egasining bahosi 2.000.000 sömlik bölgan “Huawei P smart” telefonini ham olib, xonadonni tark etadi.
Bir keçada yaxşigina pulni qölga kiritib, boyigan qiz 200 ming sömga bir özi uçun alohida taksi yollab, Angrenga qaytadi.
Ertalab uyğongan uy egasi qarasaki, “mehmon” qiz yöq. U ketib yuborganini anglab, darhol pullarni qöygan joyni qaraydi. Köngli sezganidek pul solingan qora yelim halta joyida yöq edi. Şundan söng u IIBga ariza bilan murojaat qiladi.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasila I. Andreyeva qölga olinadi va unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatiladi.
Tergov davomida u öğirlab ketgan pulning 5.000.000 sömini qaytarib beradi.
Pandemiya davri bölgani sababli tergov organi tomonidan undan tilxat olinib, tergovga çaqirganda kelişi tuşuntiriladi va ogohlantiriladi. Ammo pandemeya yengillaştirilgandan söng har qança çaqirilmasin u tergovdan yaşirinib yuraveradi. Oqibatda unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinib, 2021 yilning 16 yanvar kuni uşlanib, qamoqqa olinadi.
Sud zalida I. Andreyeva jabrlanuvçiga yetkazilgan zararni tez kunda işlab qaytarişini, qilmişini tuşunib yetgani va çin köngildan puşaymonligini aytib, yoşligini inobatga olib, qonuniy yengillik berilişini söraydi.
Sud jinoyat işi böyiça yetkazilgan zararni undiriş va aşyoviy dalillarni keyingi taqdirini muhokama qilib, öğri qizga nisbatan uzil-kesil ötaş uçun 1 yil 10 oy ozodlikni çeklaş jazosi tayinladi.
Voyaga yetmagan sudlanuvçi I. Andreyeva ozodlikni çeklaş jazosini ötaş davrida keç soat 22:00 dan ertalab 06:00 ga qadar yaşaş xonadonida böliş, Angren şahar IIO FMBning ruxsatisiz yaşaş joyini özgartirmaslik, Toşkent viloyati hududidan taşqariga çiqmaslik, ijtimoiy foydali mehnat bilan şuğullanişi, öqiş va mehnatga halol munosabatda bölişi, köngiloçar öyinlar öynaladigan kompyuterxonalarga, tungi klublarga, kafe, barlarga bormaslik, alkogolli içimliklar isteʼmol qilmaslik va alkogol mahsulotlar sotiladigan joylarda bölmaslik hamda jabrlanuvçi foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 51.825.000 söm moddiy zararni 6 oy muddatda töliq qoplab beriş majburiyati ham yuklatildi.
Davronbek OLIMOV,
Jinoyat işlari böyiça
Namangan şahar sudi sudyasi









