Qoraqalpoğistonda 2 ming dollar pora söragan soliqçilar uşlandi

Qoraqalpoğistonda 2 ming dollar pora söragan soliqçilar uşlandi

Qoraqalpoğiston Respublikasi Soliq boşqarmasining 2 nafar boş inspektori Nukus şahrida oziq-ovqat mahsulotlari çakana savdosi bilan şuğullanuvçi masʼuliyati çeklangan jamiyat faoliyatini tekşiriş davomida, göyoki 213 mln sömlik soliq qonunçiligi buzilgani aniqlanganligini aytib, uşbu summani 34 mln sömgaça kamaytirib beriş evaziga MÇJ rahbaridan 2 ming AQŞ dollari talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Boş inspektorlar tamagirlik yöli bilan 700 AQŞ dollari va 15 mln söm pul mablağini örtada vositaçilik qilgan sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga çek qöyildi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan uçala şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Teglar:
×