Samarqandda 3 nafar farzandini öldirgan ota umrbodga qamaldi

37 yoşli erkak xorijda işlayotgan ayoli bilan janjal oqibatida avval farzandlarini, söngra özini piçoqlagan edi. Avvalroq, Samarqandda ota 3 nafar farzandini öldirgani va holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bergan edik.

Maʼlum bölişiça, mazkur holat joriy yilning 16 iyun kuni 19:30 atrofida Samarqand şahri, A.Navoiy köçasida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan erkak Isroil davlatida işlab kelayotgan turmuş örtoği bilan telefon orqali kelib çiqqan özaro kelişmovçiligi natijasida unga jahl qilib va undan öç oliş maqsadida voyaga yetmagan 3 nafar voyaga yetmagan (2 ta qiz va 1 ta öğil) farzandini N.D., Ya.D. hamda M.D.larni oşxona piçoği bilan tanalarining turli joylariga qasddan urib, öldirgan.

Söngra erkak uşbu oşxona piçoği bilan öziga, yaʼni tanasining bir neçta joylariga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro A.D.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan edi.

Uşbu jinoyat işi JIB Samarqand şahar sudida körib çiqildi. Bu haqda “Yoşlar” telekanalida maʼlum qilindi.

Iş hujjatlariga köra, erkak voqeani sodir qilgan vaqt heç qanday narkotik moddalar taʼsirida bölmagan.

Sudlanuvçi erkak öşa kungi holatni quyidagiça izohladi.

“Ayolim boşqa sen bilan yaşamayman. Mening erim bor, hayotim bor,- dedi. Katta qizim qölimda jon berdi. Körib, qörqib ketdim. Yiğladim, dodladim, keyin özimni piçoqladim. Şu bilan huşimdan ketdim”.

Sud hukmiga köra, sudlanuvçiga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Teglar:
×