Bu antimigrant siyosatning mahsuli – Bekmurodov 10 yaşar Qobiljonning fojiasi haqida

Rossiyada tojikistonlik migrant oilaning 10 yaşar bolasi maktabda vahşiylarça 15 yaşar öquvçi tomonidan öldirilişi, mamlakatda uzoq yillardan buyon olib borilayotgan antimigrant siyosatining mevasidir. Bu haqda Rossiyadagi millatçilik ğoyalariga qarşi dadil çiqişlar qiladigan özbekistonlik sanoqli siyosatçilardan biri – “Yuksaliş” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida aytib çiqdi. 

U bölib ötgan voqeadan çuqur qayğuda ekanini aytarkan, bolakayning yaqinlari, oila aʼzolari va butun tojik xalqiga hamdardlik bildirgan. 

“Bu vahşiylikning sababini anglaşga urinar ekanman, avvalambor, bu yillar davomida yuritilgan aksilmigrant siyosatning mahsuli, deb bilaman”, deydi Bekmurodov.

Uning qayd etişiça, Rossiyada yillar davomida antimigrant siyosati tarğib qilinmoqda. Buning zararli va ayançli oqibatlari köp bölişi mumkin. 

“Biz Markaziy Osiyoda birdamlik, yakdillik siyosatini faol qöllab-quvvatlaşimiz va birlaşişimiz, bir tan-u bir jon bölişimiz kerak. Öylaymanki, özimizning içki imkoniyatlarimizdan töliq foydalanib, öz iqtisodiyotlarimizni rivojlantirişimiz, iş örinlarini yaratişimiz, boşqa tomonlarga boğliqligimizni imkon qadar kamaytirişimiz kerak”, deydi deputat. 

17 dekabr kuni Tojikiston Taşqi işlar vazirligi Odintsovoning Gorki-2 qişloğidagi Uspenskiy örta maktabida törtinçi sinf öquvçisining öldirilişini qoraladi. Vazirlik respublika fuqarosi bölgan bolaning ölimi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. 


Teglar:
×