Toşkent logotipi uçun ovoz beriş jarayoni yakunlandi.
Toşkentda joylaşgan MA'NO brend agentligi poytaxt logotipi uçun ötkazilgan tanlovda ğolib çiqdi, deya xabar bermoqda Fergana.ru.
Tanlov onlayn ovoz beriş yöli orqali Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan ötkazilgan.
Ovoz beriş jarayoni boşlangandan bir neça kun davomida rossiyalik taniqli dizayner Artemiy Lebedev studiyasi taklif qilgan logotip katta farq bilan raqiblaridan özib ketgan. Biroq jarayon yakuniga bir neça kun qolganda, MA'NO varianti, kutilmaganda, sakkiz ming köproq ovoz yiğib, ğolibga aylangan.
Lebedev varianti esa törtinçi örin bilan kifoyalangan.









