2022 yilning 6 martida TikTok ijtimoiy tarmoği Rossiyada ayrim xizmatlar töxtatilganini eʼlon qildi. TikTok jonli efirlarni yopmoqda va Rossiya Federatsiyasidan foydalanuvçilarning yangi video kontentini yuklamaydi. Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar xizmati odatdagidek işlaşda davom etadi. Foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqda mavjud videolarni ham tomoşa qilişlari mumkin.
Kompaniyaning uşbu qarorga kelişiga sabab Rossiya qonunçiligiga yaqinda kiritilgan özgartirişlar va «soxta yangiliklar» töğrisidagi yangi qonunga rioya qiliş zarurati.
TikTok aniqlik kiritişiça, xodimlar va foydalanuvçilarning xavfsizligi ijtimoiy tarmoq uçun ustuvor vazifa bölib qolmoqda. Şuningdek, uşbu qonunning platforma xavfsizligi nuqtai nazaridan taʼsiri örganilmoqda.
Kompaniya ijtimoiy tarmoq ijodkorlik va öyin-kulgi platformasi ekanligini qöşimça qilib, köplab foydalanuvçilar orasida notöğri maʼlumot tarqalişi, hozirgi vaziyatda çalğitiş manbasiga aylanişi mumkinligini taʼkidladi.









