Bugun, 9 dekabr kuni Xitoyda “China Huarong International Holdings” kompaniyasining sobiq boş direktori Bay Tyanxuy 1,1 milliard yuan (taxminan 156 million dollar) miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilib, osib öldirildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.
Qayd etilişiça, jinoyatçi Bay Tyanxuy 2014-2018 yillar davomida faoliyat yuritib kelgan kompaniyalardagi yuqori lavozimlaridan foydalanib, katta miqdorda pul va aktivlarni noqonuniy ravişda qabul qilib kelgan.
U 2024 yil may oyida Tyanjin şahrida ölim jazosiga hukm qilingandi. U fevral oyida yuqori sudga bergan apellyatsiyasida yutqazdi, şundan söng Xitoy Oliy sudi hukmni tasdiqladi. Bayning oilasi voqea yuzasidan izoh berişni rad etdi.
Bu qatl Xitoyning moliya sektorida sönggi yillarda kuçaytirilgan korruptsiyaga qarşi kuraş kampaniyasining navbatdagi yirik işidir. 2021 yilda Huarongning sobiq raisi Lay Syomin 1,79 milliard yuan pora olganlikda ayblanib, Xitoy tarixidagi eng yirik korporativ korruptsiya işlaridan birida qatl etilgan edi.
Avvalroq Şimoliy Koreyada “kibrlangan“ tadbirkor juftlik qatl etilgani haqida xabar berilgandi. Pxenyanda ötkazilgan qatlni yuzlab odamlar, hatto bolalar ham majburan tomoşa qilgan. Yoşi 50 atrofidagi tadbirkorlar elektrovelosipedlar, akkumulyatorli mototsikllar uçun qismlar va oddiy velosipedlarni sotiş, taʼmirlaş hamda ijaraga beriş bilan şuğullangan. Ular rasman Sadong tumani kasaba uyuşmalari federatsiyasi orqali röyxatdan ötgan bölsa-da, katta daromad topgani sabab “katta rahbarlar” sifatida tanilgan.









