Xitoyda pora olgan mansabdor ölimga hukm qilindi

Xitoyda pora olgan mansabdor ölimga hukm qilindi

Xitoyning Guandun provintsiyasi Umumxitoy xalq vakillari kengaşi doimiy qömitasi raisining sobiq örinbosari Çen Tszisin pora olişda aybdor deb topilib, şartli ölim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy sudi xabar berdi.

Joriy yilning 12 noyabr kuni Çen Tszisinning pora oliş bilan boğliq iş böyiça birinçi instantsiya sud hukmi eʼlon qilindi.

“Taʼsir ötkazib pora oliş jinoyati uçun ikki yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va 200 ming yuan jarima soliş belgilandi; şuningdek, ölim jazosining keçiktirilgan ijrosini, siyosiy huquqlardan umrbod mahrum qilişni va mulkni musodara qilişni davom ettirişga qaror qilindi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Çen Tszisin özi yoki boşqalar orqali 2012-2022 yillar davomida noqonuniy sovğalar olib kelgan. U öz jinoyatlarini tan olib, çin dildan afv sörab, mol-mulklarning katta qismini qaytarib bergan, bu esa uning jazoni yengillaştirişiga asos bölgan. Sud bu holatlarni hisobga olib, pora oliş jinoyati uçun ölim jazosini keçiktirişga va taʼsir ötkazib pora oliş jinoyati uçun jazoni yengillaştirişga qaror qilgan.


Teglar:
×