Netanyaxu afv etilsa, siyosatdan ketadimi?

Netanyaxu afv etilsa, siyosatdan ketadimi?

Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu keça, 7 dekabr kuni Quddusda Germaniya kantsleri Fridrix Merts bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida korruptsiya işi böyiça sud jarayonlari tugab, Prezident tomonidan afv etilsa ham, siyosiy faoliyatini töxtatmasligini maʼlum qildi. 

Jurnalist Netanyaxudan afv etilgan taqdirda siyosatdan ketişni rejalaştirayotgani yoki yöqligini söradi. Isroil Boş vaziri bu savolga qisqa qilib “yöq” deya javob qaytardi.

Maʼlumot uçun, ötgan oyda Binyamin Netanyaxu Isroil Prezidenti Itsxaak Gertsogga afv sörab murojaat qilgan edi. Uning advokatlari tez-tez bölayotgan sud majlislari Boş vazirni davlatni boşqarişdan çalğitayotganini va afv mamlakat uçun foydali bölişini rökaç qilgan.

Taʼkidlaş joizki, Isroilda odatda sud jarayonlari yakunlanib, ayblanuvçi aybdor deb topilgandan keyingina afv etiş amaliyoti mavjud. Hozirgidek sud jarayoni örtasida afv beriş böyiça tarixda pretsedent kuzatilmagan.

Netanyaxu pora oliş, firibgarlik va işonçni suiisteʼmol qiliş ayblovlarini rad etib kelmoqda. Uning himoyaçilari sud jarayoni töliq yakunlansa, Boş vazir oqlanişiga işonişini bildirgan. 

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Netanyaxuning murojaatidan avval Isroil Prezidentiga maktub yöllab, Boş vazirni afv etiş masalasini körib çiqişni söragan. Isroildagi muxolifat vakillari esa har qanday afv Netanyaxuning aybini tan olişi va siyosatdan ketişi şarti bilan berilişi kerakligini talab qilmoqda. Boşqalar esa 2026 yil oktyabr oyiga belgilangan saylovlarni ertaroq ötkaziş kerakligini aytmoqda.


×