«Interfaks» agentligi yozişiça, yoz kelgaç, yangi turdagi koronavirus COVID-19 butun dunyoda tarqalişdan töxtatişi haqidagi xabarlarni tasdiqlab bölmaydi. Bu haqda taşkilotning soğliqni saqlaş sohasidagi favqulodda vaziyatlar böyiça ijroçi direktori Maykl Rayan maʼlum qilgan.
«Hozirça virusning turli iqlim şaroitlaridagi faolligi va dinamikasi böyiça maʼlumotlar juda kam. Virusning tarqaliş xususiyati saqlanib qolişi mumkinligini tan olişimiz lozim», – deya taʼkidlagan Rayan Jenevada ötgan matbuot anjumanida.
«Virusning yozda yöq bölib ketişiga umid qiliş yolğonga işonişdan boşqa narsa emas. Hozir bu taxminlarga işonişga heç qanday asos yöq», – deya qöşimça qilgan u.
Koronavirus butun dunyo böylab tarqalişda davom etmoqda. 6 mart holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni 100 ming nafardan oşgan, 3,4 ming nafardan ortiq odam pnevmoniyadan vafot etgan. Janubiy Koreya, Eron va Italiya koronavirus tarqalişi öta yomon darajada keçayotgan uç mamlakat bölib turibdi.









