Netanyaxu Nyu-Yorkda hibsga olinişi mumkin

Netanyaxu Nyu-Yorkda hibsga olinişi mumkin

Nyu-York meri Zohran Mamdani agar Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu şaharga borsa, uning ehtimoliy hibsga olinişi qançalik qonuniy ekanini örganayotganini maʼlum qildi. Bu haqda u “The New York Times” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.

Şahar rahbari buning uçun maxsus qonunlar öylab topmoqçi emasligini, balki faqat huquqiy maydon doirasida harakat qiliş niyatida ekanini bildirgan.

“Biz Nyu-York şahrida qonun menga nimaga ruxsat bersa, şularning barçasini qilamiz, ammo bu maqsadda özimizning şaxsiy qonunlarimizni yozib ötirmaymiz... Hozirda huquqiy departamentimiz bilan faol muhokamalar olib borilmoqda”, deydi u öz intervyusida.

Mer Isroil Boş vazirini hibsga oliş imkoniyati haqida gapirganda, u BMT Boş Assambleyasiga qatnaşiş uçun Nyu-Yorkka kelgan taqdirdagina bu amalga oşişi mumkinligini nazarda tutgan.

Mamdani, şuningdek, Xalqaro jinoiy sud (XJS) tomonidan Netanyaxuga nisbatan ilgari surilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlar aybloviga tayangan.

Qayd etilişiça, uşbu siyosatçi saylovoldi kampaniyasi davrida, agar mer etib saylansa, Isroil Boş vaziri şaharda paydo bölgan taqdirda uni hibsga oliş böyiça Nyu-York politsiya boşqarmasiga buyruq berişini bayon qilgan.


×