Aş-Şara Suriyada prezidentlik saylovlari qaçon ötkazilişini aytdi

Aş-Şara Suriyada prezidentlik saylovlari qaçon ötkazilişini aytdi

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad aş-Şara tört yildan keyin umumiy saylovlar ötkazilişini aytdi. Bu haqda u Qatar poytaxti Dohada “Adolat amalda: vaʼdadan taraqqiyot sari” şiori ostida ötkazilgan 23-forumdagi nutqida söz oçdi.

Ahmad aş-Şara ötiş davrida heç bir hukumat aholining barça qatlamlari bilan töliq kelişuvga erişa olmasligini taʼkidladi. Suriyaning kelajagi “şaxslarga emas, balki institutlarga asoslangan boşqaruv modeli” asosida qurilganini taʼkidlagan muvaqqat prezident, hukumatdagi vakillik vakolat tamoyili asosida taʼminlanganini aytdi.

Avvalgi tuzum ağdarilişi ortidan mamlakatda yangi hukumat tuzilganini qayd etib, ötiş davri uçun “yöl xaritasi” kuçga kirganini eslatdi. Unga köra, Xalq Kengaşiga saylovlar ötiş jarayoniga muvofiq ötkazildi:

“Tört yildan söng, albatta, umumxalq saylovlarini ötkazamiz”, dedi u.

U mamlakatda elektr taʼminoti yaxşilanganini aytdi.“Biz hokimiyatga kelganimizda, elektr energiyasi kuniga atigi 1,5 soat edi. Hozir bu vaqt 12–14 soatga köpaydi. Yil oxirigaça özimizni özimizni taʼminlaşga erişamiz”, deydi Aş-Şara.

Iqtisodiy tiklanişning ahamiyatiga eʼtibor qaratgan Aş-Şara, AQŞ bilan “Tsezar” qonuni böyiça sanktsiyalarni bekor qiliş böyiça muzokaralar davom etayotgani va Tramp maʼmuriyati bu taşabbusni qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

U Başar Asad davridagi hukumat “dinlararo ziddiyatlarni kuçaytirgani”ni taʼkidlab, ötiş davrida jinoyatlarni, xususan, qirğoq zonasi va Sveydadagi qonunbuzarliklarni tekşiriş uçun komissiyalar tuzilganini qöşimça qildi

“Ikkala mintaqadagi voqealar manbai ağdarilgan tuzumning oğir merosidir va hamma bu rejim qurboni”, deya xulosa qildi Suriya muvaqqat prezidenti.

Maʼlumot uçun, Ahmad aş-Şara Suriyada 2024 yilning dekabrida sobiq prezident Başar Asad hokimiyatdan ağdarilganidan söng hokimiyat tepasiga keldi. Mamlakatning yangi hukumati avvalgi konstitutsiyaning tugatilganini eʼlon qildi va parlament, xavfsizlik xizmatlari va qurolli guruhlarni tarqatib yubordi. 

Suriyadagi ötiş davri beş yilga möljallangan. Mart oyida Ahmad aş-Şara uşbu davr uçun huquqiy asosni belgilovçi konstitutsiyaviy deklaratsiyani imzoladi.


Teglar:
×