Bugun, 11 oktyabr kuni Tojikistonda prezident saylovlari boşlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da mamlakat böylab 3375 saylov uçastkasi oçilgan.
Bu haqda mamlakat Markaziy saylov komissiyasi maʼlumot berdi.
Ovoz beriş mahalliy vaqt bilan 20:00 da tugaydi.
Eslatib ötamiz, beş nomzod davlat rahbari lavozimiga daʼvogarlik qilmoqda. Ular orasida Mustaqil kasaba uyuşmalari federatsiyasi, Yoşlar ittifoqi va Tojikiston Xalq Demokratik partiyasi tomonidan nomzod qilib körsatilgan amaldagi prezident Emomali Rahmon ham bor. Şuningdek, saylovlarda sotsialistlardan Abduhalim Ğafforzoda, Tojikiston iqtisodiy islohotlar partiyasidan Rustam Rahmatzoda, Kommunistik partiyadan Miroj Abdulloyev va Agrar partiyadan Rustam Latifzoda iştirok etmoqda.
Amaldagi prezident Emomali Rahmon 1994 yil, noyabr oyidan buyon Tojikistonni uzluksiz boqarib kelmoqda.









