Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğonaga qilayotgan taşrifi doirasida viloyatda amalga oşirilayotgan işlar taqdimoti bilan tanişdi. Davlat rahbari paxtani qayta işlaşning uçinçi-törtinçi bosqiçida sustkaşlikka yöl qöyilayotganini tanqid qildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri maʼlum qildi.
— Farğonadagi tekstil korxonalari ip-kalava yetiştirişni 192 foizga bajarişadi, yaʼni viloyatda yetiştirilayotgan paxta töliq qayta işlanib, boşqa viloyatlardan ham olib kelinadi. Ammo mana şu mahsulot ip-kalava körinişida eksportga çiqarilmoqda. Paxtani qayta işlaşning uçinçi-törtinçi bosqiçlari bor-yöği 17 foizdan iborat.
Hozir ip-kalava özimizga yetişmayapti, siz esa şunçaki çetga sotib yubormoqdasiz. Tekstil korxonalari uçinçi-törtinçi bosqiçga ötişi şart. Farğona viloyatida 81 ming gektar yerga paxta ekiladi. Mana şu yerda yetiştirilayotgan xom-aşyoni töliq qayta işlasak milliardlab dollar eksport qiliş imkoni paydo böladi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari şuningdek yangi korxonalarni loyihalaştirişda zamonaviy uslubdan foydalanişni talab qildi.
— Yaponiyada bitta avtomobil zavodi quriş uçun 10 gektar yer yetarli. Ular 25-qavatga ham stanok örnatadi. Nima uçun bizning avtomobil zavodimiz 50 gektar yerni egallaşi kerak? Bilib qöying, Farğonada ham Yaponiya va Xitoyda bölgani kabi aholi ziç yaşaydi, yer tanqis. Demak işni zamonaga mos taşkil etişimiz kerak, — dedi Prezident.
Şavkat Mirziyoyev buning uçun loyihalar fabrikasi imkoniyatlaridan töliq foydalaniş lozimligini taʼkidladi. Buning uçun hududning öziga hos jihatlarini örganiş va yangi biznes rejalarda barça imkoniyatlardan foydalaniş lozim böladi.
— Biz nafaqat yer osti boyliklari, balki şamolning xususiyatlarini ham örganişimiz kerak. Muqobil energiyadan foydalaniş uçun faqat yirik loyihalar bölişi şart emas, masalan, 5-10 million dollarlik şamol elektr stantsiyalari qursa ham böladi. Balki qayerdadir kiçik GES quriş mumkindir. Mana şunday şamol va suvga işlaydigan kiçik elektr stantsiyalari bittagina mahallani markaziy tizimdan uzib, tok bilan taʼminlab bersa, rahmat aytaman.
Loyihalar fabrikasi buloqdek qaynaşi lozim. Xuddi şifobaxş buloqdan çiqqan minerallar odam tanasiga soğlik bergandek, loyihalar buloği iqtisodni soğlomlaştirişi kerak, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident tadbirkorlarda biznes ğoyalari köp bölişi va ularni amalga oşirişda yordam beriş lozimligini aytib ötdi.
— Biz körgan fabrikadagi ayollar 2 million söm maoşga közi yonib işlamoqda. Men qaçon baxtli bölaman? Qaçonki öşa ayollar 2 million emas, 10 million söm oylik olsa, özimni baxtli his qilaman. Buning uçun köp işlaş, loyihalarni kengaytiriş kerak böladi.
Bizning zabardast va uddaburon xalqimiz bor, tadbirkorlar yetarli. Ularga biroz yordam berib yuborsak bölgani, — dedi Prezident.
Şavkat Mirziyoyevning Farğona viloyatiga safari davom etmoqda. Xabar.uz axborot-tahliliy portali taşrifga doir yangiliklarni yoritişda davom etadi.









