2025 yilda Google’da eng köp nimalar qidirilgani eʼlon qilindi

2025 yilda Google’da eng köp nimalar qidirilgani eʼlon qilindi

Google kompaniyasi yil yakunlarini sarhisob qildi va 2025 yilning eng maşhur sörovlari hamda eng köp qidirilgan şaxslarni eʼlon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya tahlilçilarining aytişiça, bu yil Google’da eng köp izlangan söz Gemini bölgan – bu Google işlab çiqqan sunʼiy intellekt xizmati. Ikkinçi örinda “Hindiston – Angliya” sörovi turadi. Gap ikki davlat terma jamoalari örtasidagi kriket böyiça öyinlar seriyasi haqida ketmoqda. Uçinçi öringa esa Çarli Kirk nomi çiqqan – u joriy yilning 10 sentyabr kuni ommaviy tadbir çoğida otib öldirilgan yoş amerikalik siyosatçi edi.

Umuman olganda, 2025 yilda Google’dagi top-10 trend sörovlari quyidagiça:

  1. Gemini;
  2. Hindiston – Angliya;
  3. Çarli Kirk;
  4. Klublar örtasidagi futbol böyiça Jahon çempionati;
  5. Hindiston – Avstraliya;
  6. DeepSeek;
  7. Kriket böyiça Osiyo çempionati;
  8. Eron;
  9. iPhone 17;
  10. Pokiston va Hindiston.

Yilning eng maşhur yangiliklari böyiça foydalanuvçilar eng köp Çarli Kirkning öldirilişi haqidagi xabarlarni izlagan. Şuningdek, top-5 likka Eron-Isroil uruşi, AQŞda hukumat işining töxtatilişi, yangi Rim Papasi saylovi va Los-Anjelesdagi yonğinlar kirgan.

Eng köp qidirilgan 10 yangilik röyxati:

  1. Çarli Kirkning öldirilişi;
  2. Eron;
  3. AQŞ hukumatining işini töxtatib turişi;
  4. Yangi Rim Papasining saylovi;
  5. Los-Anjelesdagi yonğinlar;
  6. “Melissa” töfoni;
  7. AQŞda TikTok’ning bloklanişi;
  8. Nyu-York meri saylovida Zohran Mamdani ğalabasi;
  9. AQŞda USAID dasturining yopilişi;
  10. Kamçatkadagi zilzila va tsunami.

2025 yilda eng köp qidirilgan şaxslar içida birinçi örinni 20 yoşli amerikalik qöşiqçi D4vd (Devid Berk) egallagan. U 14 yoşli qizning ölimi böyiça gumonlanuvçi sifatida eʼtiborga tuşgan.

Töliq top-10 şaxslar röyxati:

  1. D4vd;
  2. Kendrik Lamar;
  3. Jimmi Kimmel;
  4. Tayler Robinson (Çarli Kirkni öldirişda gumonlanuvçi);
  5. Rim Papasi Lev XIV;
  6. Şeder Sanders (amerika futboli öyinçisi);
  7. Byanka Kensori (dizayner, Kane Uestning rafiqasi);
  8. Zohran Mamdani (Nyu-Yorkning saylangan meri);
  9. Greta Tunberg;
  10. Sanae Takaiti (Yaponiya Boş vaziri).


Teglar:
×