Keça, 21 sentyabr kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda amerikalik mavqedoşi Jo Bayden bilan uçraşdi. Bu haqda Ukrainaning “Strana” naşri xabar berdi.
Ukraina Prezidentiga rafiqasi Yelena Zelenskaya hamrohlik qilgan. Salomlaşişdan söng siyosatçilar va ularning turmuş örtoqlari suratga tuşgan.

Söngra yetakçilarning muzokaralari boşlangan. Bayden va Zelenskiy Ukrainaning energetika va iqtisodiyot tarmoqlarini tiklaş, korruptsiyaga qarşi kuraş, şuningdek, ikki davlatning harbiy-sanoat komplekslari örtasidagi hamkorlik masalasini muhokama qilgan.
“Amerikaning birinçi Abrams tanklari keyingi hafta Ukrainaga yetkaziladi”, degan Bayden.
Ukrainaning havo mudofaasini kuçaytirişga eʼtibor qaratgan Bayden, Ukrainaga qöşimça jihozlar yetkazib berilişini qayd etdi.
Bundan taşqari AQŞ Prezidenti Kiyevni qöllab-quvvatlaşda davom etişni vaʼda qilgan.

Ukraina Prezidenti AQŞga körsatgan yordami uçun minnatdorçilik bildirib, uçraşuv samarali ötganini qayd etdi.
Uçraşuvdan söng, Zelenskiy Ukrainaning mudofaa qobiliyatini oşiriş, qişda havo mudofaasini kuçaytiriş va don eksporti kabi mavzularda muayyan qadamlar haqida kelişib olganini aytgan. Uning qöşimça qilişiça, tomonlar tinçlik formulasi ustida işlaşda davom etadi.
Vaşington maʼmuriyatining bildirişiça, Qöşma Ştatlar uzoq muddatda Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mamlakatning harbiy-sanoat bazasi bilan hamkorlikni yölga qöyiş orqali mustahkamlaş niyatida. Şu maqsadda Amerika hukumati kuzda konferentsiya ötkazadi, uning iştirokçilari bölmiş AQŞ harbiy sanoati vakillari, ukrainalik tadbirkorlar va ikki davlat rasmiylari “qöşma korxonalar va qöşma korxonalar yaratiş imkoniyatlarini körib çiqadi.

Şundan söng, Zelenskiy Vaşingtonda AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti (respublikaçi), Senatdagi demokratlar yetakçisi Çak Şumer va Kongress yuqori palatasidagi respublikaçilar yetakçisi Mitç MakKonnell bilan uçraşgan. Zelenskiy Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan ham suhbatlaşgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Ukrainaga harbiy yordam körsatilişi bölgan.

“Reuters” agentligi ismini oşkor etmagan amerikalik mulozimga tayanib xabar berişiça, Bayden Ukrainaga 325 million dollarlik yangi yordam paketini eʼlon qilişni rejalaştirmoqda. Rossiya harbiy amaliyoti boşlangan 2022 yil fevralidan beri Qöşma Ştatlar Kiyevga deyarli 113 milliard dollarlik harbiy va gumanitar yordam jönatgan. Pentagonning avgust oxiridagi maʼlumotlariga köra, Vaşington jangovar harakatlar boşlanganidan beri Kiyevga 43,7 milliard dollardan ortiq harbiy yordam körsatgan.

Şundan söng, Ukraina Prezidenti özining videomurojaatini ham eʼlon qilgan. Uning aytişiça, Ukraina va Qöşma Ştatlar hamkorlikda mudofaa ekotizimini yaratadi, uning doirasida zarur qurollarni işlab çiqaradi.
“Biz AQŞ bilan birgalikda Ukrainaga zarur qurollarni işlab çiqaramiz. AQŞ bilan hamkorlikda yangi mudofaa ekotizimini yaratişga, qurol işlab çiqarişga, erkinlikni mustahkamlaş uçun harakat qilişga tayyorlanyapmiz”, degan u.
Zelenskiy tizimda yangi sanoat bazasi va yangi iş örinlari paydo bölişini qöşimça qilgan.
Maʼlumot uçun, Zelenskiy AQŞga 18 sentyabr kuni yetib keldi. U BMT Xavfsizlik Kengaşi yiğilişida iştirok etdi va taşkilot Boş Assambleyasi doirasida bir neça uçraşuvlar ötkazdi. Ukraina Prezidenti Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen, Germaniya kantsleri Olaf Şolts, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva va boşqa siyosatçilar bilan muzokaralar ötkazgan.









