Boy amerikaliklar AQŞdan “qoçmoqçi” – OAV

Boy amerikaliklar AQŞdan “qoçmoqçi” – OAV

Immigratsiya masalalariga ixtisoslaşgan yuristlar va xususiy kompaniyalar xorijda ikkinçi pasport yoki yaşaş huquqini olişni istayotgan amerikalik mijozlar sonining keskin oşganini qayd etmoqda. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Telekanalning qayd etişiça, köplab boy amerikaliklar navbatdagi prezidentlik saylovlarida kim ğolib bölişidan qatʼi nazar siyosiy va ijtimoiy tartibsizliklardan xavotirda. Saylovlardan keyin çet elga köçiş haqidagi gaplar odatiy hol, ammo immigratsiya böyiça maslahatçilar bu safar köplab badavlat fuqarolar allaqaçon amaliy çoralar körayotganini aytmoqda.“Biz heç qaçon hozirgidek talabni körmaganmiz”, deydi boy amerikaliklarga migratsiya masalalarida maslahat beradigan Henley & Partners kompaniyasi guruh rahbari Dominik Volek.

Uning sözlariga köra, ötgan yilga nisbatan xorijga köçişni rejalaştirayotgan amerikaliklar soni kamida 30 foizga köpaygan, ularning uluşi esa boşqa davlat fuqarolaridan oşib ketgan.

Arton Capital kompaniyasining söroviga köra, amerikalik millionerlarning 53 foizi saylovdan keyin kim ğolib bölişidan qatʼi nazar AQŞni tark etiş ehtimoli juda yuqori ekanini aytgan. Eng köçişga moyil toifa badavlat yoşlar – 18-29 yoşdagilarning 64 foizi xorijga investitsiya orqali olinadigan “oltin vizalar”ni olişga “juda qiziqayotganini” bildirgan.

CNBC’ning qayd etişiça, juda boy kişilar tobora köproq bir davlat fuqaroligini şaxsiy va moliyaviy xavf sifatida körayapti. Ular qanday qilib investitsiyalarini diversifikatsiya qilişsa, xuddi şunday “pasport portfellarini” ham tuzib, “mamlakat xavflarini xedj (xavflarni kamaytiriş yoki oldini oliş uçun qöllaniladigan himoya strategiyasi) qilmoqda”.


Teglar:
×