Isroil yana yuqori martabali ikki eronlik harbiyni yöq qildi

Isroil yana yuqori martabali ikki eronlik harbiyni yöq qildi

Keça, 13 iyun kuni Isroil tomonidan amalga oşirilgan zarbalar oqibatida Eronning yana ikki yuqori lavozimli harbiy xizmatçisi halok böldi. Bu haqda “Mehr News” xabar berdi.

Maʼlumotlarga köra, halok bölganlar – Boş ştab boşliğining razvedka böyiça örinbosari general Ğulomrizo Mehrobiy va operativ qömondonlik boşliği örinbosari general Mehdi Rabboniy sanaladi. 

Xabarda taʼkidlanişiça, har ikki general Eron-Iroq uruşida iştirok etgan va mamlakat harbiy qömondonligida muhim lavozimlarni egallab kelgan. 

Eron tomoni Isroil harakatlarini “jinoyatçi sionistik rejimning tajovuzi” deb atagan va ofitserlarning ölimi javobsiz qolmasligini vaʼda qilgan.

Isroilning Eronga hujumi 

Keça, 13 iyun kuni Isroil Eronga qarşi zarba berişni boşladi va bu operatsiyani “Şerlar olami” deb nomladi. Zarba obʼektlari sifatida Tehron, Natanz, şuningdek, Kirmonşoh va Xaramobod hududlari tanlangan. Hujumlarda harbiy bazalar, Eron havo hujumidan mudofaa tizimlari va Eron Islomiy inqilobiy gvardiyasi vakillari joylaşgan turar joy majmualari nişonga olingan.

Isroil zarbalari oqibatida bir neça yuqori lavozimli harbiy xizmatçilar va yadroviy fiziklar yöq qilingan. Qolaversa, tinç aholi orasidan ham 60 kişi vafot etgani tahmin qilinmoqda. 

Eronning Isroilga javobi 

Keça, 13 iyun kuni tundan bugun, 14 iyun tongiga ötar çoği Isroil tomonidan Eronga qarşi amalga oşirilgan keng kölamli hujumlardan söng, Eron Isroilga qarşi öz javob zarbalarini yölladi. Eron harbiy kuçlari tomonidan Isroil hududiga qarata 200 dan ortiq dron va ballistik raketalar uçirilgan. Isroil Mudofaa kuçlari uşbu zarbalarni tasdiqlagan va havo mudofaa tizimlari zudlik bilan işga tuşirilgan. TSAXAL rasmiy bayonotida aytilişiça, Isroil havo mudofaasi katta miqdordagi hujumçi dron va raketalarni tutib qolişga muvaffaq bölgan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, hujum oqibatida 5 kişi halok bölgan va 10 dan ortiq kişi jarohat olgan. 


Teglar:
×